Yadro itqitish texnikasi Disk itqitish texnikasi Nayza itqitish texnikasi


Burilishlarning yakka tayanchli fazasi



Yüklə 50,16 Kb.
səhifə19/22
tarix13.06.2023
ölçüsü50,16 Kb.
#129239
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Yadro itqitish texnikasi Disk itqitish texnikasi Nayza itqitish (1)

Burilishlarning yakka tayanchli fazasi. Har bir burilishda yakka tayanchli fazaga o‘tganda uloqtiruvchi to‘g‘ri tutilgan gavdasini orqaga tortadi va har bir burilishda buni oshira boradi. Bu muvozanat saqlash uchun zarur. CHunki har bir burilishda bosqon-ning tortish kuchi oshib boradi va bu kuchning yo‘nalishi ham o‘zgaradi.
Qo‘sh tayanchli fazada bosqonning tortilishi ko‘proq oldinga yo‘nalgan bo‘lsa, bir tayanchli fazada u ancha yuqoriga qarab tortila boshlaydi. Sportchi bu kuchga qarshi turish uchun gavdasini yon tomonga ko‘proq engashtirishga majbur bo‘ladi.
Bosqonning keyingi harakatlarida uloqtiruvchi chap tovonida aylanishni davom ettiradi. CHap poy uchi bilan uloqtirish tomoniga burilishi bilan uloqtiruvchi poyining tashqi yuzasiga, keyin esa uning tagi bilan tayanishga o‘tadi. CHap oyoqda aylanib turib, o‘ng oyog‘ini tizzadan sal bukadi va chap oyoqqa yaqinlashtiradi (tizzani-tizzaga) va ayni bir paytda tosni chapga buradi.
Har bir burilishdagi yakka tayanchli fazaning birinchi qismida bosqonning harakat tezligi birmuncha kamayadi, chunki yirik mushaklarning ish sharoiti qiyinlashadi.
Bosqon sharining yuqori nuqtadan quyi nuqtaga tushish harakati vaqtida uloqtiruvchi chap oyog‘ining tagida aylanishni davom ettiradi va bu oyoq 180o ga burilib, tizza bo‘g‘imida bir oz bukiladi.
Uloqtiruvchi gavdasini burishni tamomlagach, o‘ng oyog‘ini chap oyog‘i bilan bir chiziqda erga qo‘yadi va yakka tayanchli fazadan qo‘sh tayanchli fazaga o‘tadi. O‘ng oyoq tagi to‘liq erga qo‘yiladi. Bu paytda garchi gavda ko‘proq chap oyoq ustida bo‘lsa ham, bosqonning tortish kuchini asosan o‘ng oyoq bilan tutib turadi. O‘ng oyoq tizza bo‘g‘imidan 140-150o ga, chap oyoq esa 95-100o ga bukiladi. Uloqtiruvchi tosni burish bilan «gavdani unga qayirishga» erishadi. Bu paytda qorin va orqa mushaklari ancha cho‘ziladi.
Har qaysi burilishda tos va elka kamarining siljishi yuz beradi. Burilishning birinchi yarmida qo‘sh tayanch fazasida turgan uloqtiruvchi elka kamarini chapga, dastlabki holatga buradi. Har bir burilishning ikkinchi yarmida esa uloqtiruvchi chap oyoqda aylanib, tosni elka kamariga nisbatan tezroq buradi. Har qaysi burilishning oxirida uloqtiruvchining gavdasi yana bosqon harakatini tezlashtirish uchun qulay holatga keladi (103-rasm).

Yüklə 50,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin