Yadro qurollariga EGA davlatlar — ro‘yxat, statistika


Rossiya 2 mart holatiga Rossiyada 5977



Yüklə 23,68 Kb.
səhifə2/4
tarix25.03.2023
ölçüsü23,68 Kb.
#89749
1   2   3   4
Yadro qurollariga ega davlatlar

Rossiya
2 mart holatiga Rossiyada 5977 ta yadro kallagi mavjud. Shundan 1588 tasi shay holatdagi jangovar kallaklar bo‘lsa, 2889 tasi zaxirada. 1500 ta jangovar kallak demontaj qilinishini kutmoqda.


Buyuk Britaniya
Buyuk Britaniyada mart boshida 225 (2020 yil 215 ta) ta yadro kallagi bo‘lib, shulardan 120 tasi shay holatda turgan, qolgan 105 tasi esa demontaj qilinishini kutayotgan yoki zaxiradagi jangovar kallaklar hisoblanadi.
Fransiya
Bu davlatda 2022 yil mart holatiga jami 290 ta yadro kallagi bo‘lgan. Shundan 280 tasi shay holatdagi, 10 tasi esa demontaj qilinishini kutayotgan yoki zaxiradagi jangovar kallaklar hisoblanadi.
Xitoy
XXRda, mart holatiga ko‘ra, mamlakatda 350 ta jangovar kallak mavjud bo‘lib, ularning barchasi zaxirada va tashuvchilarga o‘rnatilmagan.
Hindiston
2021 yil boshida ushbu mamlakatda jami 156 ta yadro kallagi bo‘lgan bo‘lsa, 2022 yil mart holatiga Hindiston yadro qurollari salohiyatini 160 tagacha oshirgan.
Pokiston
Mamlakatning yadroviy salohiyati 165 ta jangovar kallakdan iborat bo‘lib, ularning barchasi zaxirada.
Isroil
Ushbu davlatda ham 90 ta demontaj qilinishini kutayotgan yoki zaxiradagi jangovar kallak mavjud.
Shimoliy Koreya
FAS ma’lumotlariga ko‘ra, KXDRda 2022 yil mart oyida 20 ta yadro kallagi bo‘lishi mumkin. Biroq SIPRI 2021 yil boshi bo‘yicha e’lon qilgan statistik ma’lumotlarda Shimoliy Koreyadagi yadro kallaklari soni 40−50 tadan iborat ekanligi aytilgan. Shimoliy Koreya qit’alararo ballistik raketa bilan yetkazib berish uchun operativ yadroviy kallak ishlab chiqargani haqida ochiq ma’lumot yo‘q, biroq unda o‘rta masofali ballistik raketalar uchun kam sonli kallaklar bo‘lishi mumkin. Shimoliy Koreya bo‘yicha ko‘rsatkichlar juda noaniqligi aytiladi.

Ma’lumot uchun, Eronda yadro qurollari mavjudligi haqida rasmiy ma’lumot yo‘q. Rasmiy Tehron yadro dasturini mamlakatda atom energetikasini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-ishlab chiqarish chora-tadbirlari majmuasi ekanligini ta’kidlaydi. Lekin AQSh va boshqa qator davlatlar Eronni yadroviy qurol yaratish bo‘yicha maxfiy ishlarda gumon qiladi.


Yüklə 23,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin