Yadro qurollariga EGA davlatlar — ro‘yxat, statistika



Yüklə 23,68 Kb.
səhifə4/4
tarix25.03.2023
ölçüsü23,68 Kb.
#89749
1   2   3   4
Yadro qurollariga ega davlatlar

Fransiya


Fransiyada ham yadro qurollarini faollashtirish bo‘yicha buyruqni prezident beradi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, bu aynan “yadro chamadoni” emas, balki Fransiya prezidenti uchun qurolli kuchlar rahbariyati bilan maxsus aloqa qilish uchun ko‘p maqsadli terminaldir.
Ma’lum bo‘lishicha, fransuzcha “chamadon"ning interfeysi nihoyatda sodda — lekin u maxsus aloqa terminalidan tashqari, ekstremal vaziyatlarda omon qolish uchun to‘plamga ham ega.

Buyuk Britaniya


Britaniya yadro qurollari faqat suv osti kemalariga o‘rnatilgan. Yadro qurollarini faollashtirish bo‘yicha buyruq faqat mamlakat bosh vaziri tomonidan maxsus kodlar orqali beriladi.
Boshqa davlatlarning “yadro chamadonlari” haqida ma’lumotlar kam.

Tiyib turish kuchlari nima?


Strategik tiyib turish kuchlarining asosini strategik yadroviy kuchlar tashkil qiladi. Ular strategik yadroviy tiyib turishga jalb qilingan — bunday holatda yadro quroliga ega bo‘lgan ikki davlat har qanday sharoitda ham bir-biriga katta miqyosdagi zarar yetkazishga qodir bo‘ladi.
Strategik yadroviy tiyib turish — birinchi navbatda Rossiya va AQSh o‘rtasida — strategik barqarorlikni ta’minlaydi. Bu holatda dunyoda global mojaro, jahon urushi sodir bo‘lmaydi.
Strategik yadroviy kuchlardan tashqari, tiyib turuvchi kuchlar tarkibiga yadroviy bo‘lmagan qurollar — uzoq masofali yuqori aniqlikdagi raketa tizimlari kiradi. Ularning qatoriga kibernetik kuchlar ham kirishi mumkin, vaholanki bu Rossiya harbiy doktrinasida tasdiqlanmagan.
Yüklə 23,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin