Yakuniy nazorat savollari



Yüklə 263,06 Kb.
səhifə7/11
tarix15.02.2023
ölçüsü263,06 Kb.
#84393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Kasbiy Psixalogiya. savollar banki (2)

Qobiliyatlarshaxsdagi shunday individual, turg’un sifatlarki, ular odamning turli xil faoliyatdagi ko’rsatgichlari, yutuqlarini ta’minlaydi va qiyinchiliklari sabablarini tushuntirib beradi.
Temperament – insonning turli vaziyatlarda narsa, hodisa, holatlar va insonlarning xatti-harakatlariga nisbatan reaksiyasini tushuntirib beruvchi xususiyatlari majmuidir.
Xarakter – shaxsning boshqa odamlar yoki insonlar guruhi, o’z-o’ziga, vaziyatlar, narsalar va hodisalarga nisbatan munosabatlaridan orttiradigan sifatlarini o’z ichiga oladi.
Irodaviy sifatlar – har birimizning o’z oldimizga maqsad qo’yib, unga erishish yo’lidagi qiyinchiliklarni yengishimizni ta’minlovchi ma’lum sifatlarimiz majmuini o’z ichiga oladi.
Emosiya (hissiyot) lar va motivasiya esa atrofimizda sodir bo’layotgan hodisalar, bizni o’rab turgan odamlar va ularning xatti-harakatlarini ruhan qanday qabul qilib, ularga bildiradigan hissiy munosabatlarimizni bildiruvchi sifatlarimiz bo’lib, ular ayni vaziyatlardagi real holatlarimizdan va ularning ongimizda aks etishidan kelib chiqadi.
Ijtimoiy ustanovka – yuqoridagi barcha xususiyatlar kompleksiga ega insonning turli ijtimoiy vaziyatlardagi faoliyat va harakatlarga ruhan hozirligi va munosabat bildirish uslubidan kelib chiqadigan chuqur ichki holatidir.

  1. Shaxs iqtidori va qobiliyatlari diagnostikasi.

Odamlarning o’quv, mehnat va ijodiy faoliyatidagi o’ziga xoslikni tushuntirish uchun psixologiya fani birinchi navbatda qobiliyatlar va iqtidor masalasiga murojaat qiladi. Chunki qobiliyatli odamdan avvalo jamiyat manfaatdor, qolaversa, o’sha insonning o’zi ham qilgan har bir harakatidan o’zi uchun naf ko’radi.


Qobiliyatlar muammosi eng avvalo inson aqlu-zakovatining sifati, undagi malaka, ko’nikma va bilimlarning borligi masalasi bilan bog’liq. Ayniqsa, biror kasbning egasi bo’lish istagidagi har bir yoshning aqli va intellektual salohiyati uning malakali mutaxassis bo’lib yetishishini kafolatlagani uchun ham psixologiyada ko’proq qobiliyat tushunchasi aql zakovat tushunchasi bilan bog’lab o’rganiladi. Har bir normal odam o’zining aqlli bo’lishini xohlaydi, “Men aqlliman” demasa-da, qilgan barcha ishlari, gapirgan gapi, yuritgan mulohazasi bilan aynan shu sifat bilan odamlar uni maqtashlarini xohlaydi. “Aqlsiz, nodon” degan sifat esa har qanday odamni, hattoki, yosh bolani ham xafa qiladi. Yana shu narsa xarakterliki, ayniqsa, bizning Sharq xalqlarida biror kimsaga nisbatan “o’ta aqlli” yoki “o’ta nodon” iboralari ham ishlatilmaydi, biz bu xususiyatlarni o’rtacha tasniflar doirasida ishlatamiz: “Falonchining o’g’li anchagina aqlli bo’libdi, narigining farzandi esa biroz nodon bo’lib, ota-onasini kuydirayotgan emish” degan iboralar aslida “aqllilik” kategoriyasi insonning “yuragi”ga yaqin eng nozik sifatlariga aloqadorligini bildiradi.



  1. Shaxs taraqqiyotidagi ijtimoiy va genotipik omillar.

Mashhur rassom Pablo Pikasso 80 yoshga kirganda: “Yoshlik va keksalik tushunchasi inson o’zi ruhan qarigandagina ma’lum ahamiyat kasb etadi. Ayni paytda men ancha keksayib qolganimga qaramay, o’zimni 20 yoshliday his qilmoqdaman”, – deb yozgan ekan. Ya’ni, inson umri ma’lum davrlarga bo’linar ekan, uning har bir bosqichi shaxsning o’zi va yaqinlariga qilgan ezgu ishlarining qadr-qimmatiga ko’ra baholanadi. Shu bois ham, shaxs taraqqiyotining u yoki bu bosqichidagi yosh xususiyatlarini bilish ta’lim-tarbiya jarayonida amaliy ahamiyat kasb etadi.


Odamning hayotiy yo’lining boshi, uning kamol topishining negizi aslida Ollohning inoyati bilan bola dunyoga kelishiga asos solingan dastlabki onlardan boshlanadi. Keyingi taraqqiyot bosqichlari qator ijtimoiy, biologik, tabiiy, ruhiy, jismoniy omillarga bog’liqki, ushbu xususiyatlarni psixologiyaning maxsus tarmog’i bo’lgan yosh davrlari psixologiyasi o’rganadi.
Shunday qilib, shaxs individual taraqqiyotining muhim omillaridan biri uning yoshiga bog’liq bo’lgan xususiyatlaridir. Chunki taraqqiyotning har bir yosh bosqichi o’zining rivojlanish omillariga, qonuniyatlariga, yangiliklari va o’zgarishlariga ega bo’lib, ular shaxsning xarakteri, temperamenti, iqtidori, bilish jarayonlariga bevosita ta’sirini o’tkazadi.
Yosh taraqqiyoti davrlarining ham sifat, ham miqdor o’zgarishlariga ega bo’lgan ko’rsatgichlari borki, amaliy psixologiya har bir yosh xususiyatlarini ana shu ikkala ko’rsatgich nuqtai nazaridan o’rganishi va shaxs xulqini boshqarish, unga ijobiy ta’sir ko’rsatishda ularga tayanmog’i lozim. Umuman psixologiyada isbot qilingan faktlardan biri shuki, turli davrlardagi inson taraqqiyoti o’ta murakkab jarayon bo’lib, har bir davrning o’z qonuniyatlari mavjud. Har bir bosqichda shaxsning biror bir xususiyatlari o’zining yetuklik bosqichiga erishadi. Masalan, olamni sensor jihatdan, ya’ni, sezgi va idrok qilish organlari bilishning yetuklik fazasi 18-25 yoshlarda (Lazarev ma’lumotlariga ko’ra), intellektual, ijodiy yetuklik – 35 yoshlarda (Leman ma’lumotlari), shaxsning yetukligi 50-60 yoshlarga kelib eng yuqori nuqtasiga erishadi. Shunga o’xshash xususiyatlar insonning butun umri mobaynida muttasil kamolga yetib, rivojlanib borishini ta’minlaydi. Shunisi xarakterliki, har bir yoshda biror funksiyalarning rivojlanishi boshqa bir funksiyalarning susayishi hisobiga ro’y beradi

  1. Shaxs taraqqiyotini davrlarga bo‘lish.

Shu vaqtgacha psixologiya ilmida shaxs taraqqiyotini davrlarga bo’lib o’rganishga juda katta e’tibor qaratilgan. Bir qancha davriy sxemalar ham taklif etilgan. Lekin shu sohada astoydil ijod qilgan har qanday olim o’zining “davrlarini” taklif etavergan. Bu tushunarli, zero, insonning hayotiy yo’li va uning asosiy lahzalari tarixiy taraqqiyot mobaynida o’zgaradi, bir avloddan ikkinchi avlod taraqqiyotiga o’tishning o’zi ham qator o’zgarishlarni keltirib chiqaradi.


Davrlarga bo’lishga qaratilgan klassifikasiyalarning o’zi ham ikki turli bo’ladi: juz’iy (alohida davrlarni yana qo’shimcha davrlarga bo’lish – “davrlar ichidagi davrlar”) va umumiy (inson umrining barcha bosqichlarini o’z ichiga olgan). Masalan, juz’iy klassifikasiyaga J.Piajening intellektning rivojlanishini bosqichlarga bo’lishini kiritish mumkin. U bu taraqqiyotni 3 bosqichda tasavvur qilgan.
D.Elkoninning yosh davrlari bosqichlarini bo’lishi E.Eriksonning taraqqiyotni davrlarga bo’lish tamoyillariga asoslanadi. Bu klassifikasiyalarda bolalik davrini o’zining uch davri farqlanadi: ilk bolalik, bolalik va o’smirlik. Har bir bosqichning o’ziga xos yetakchi faoliyati, o’zgarishlari va rivojlanish shart-sharoitlari mavjud bo’ladi va ularni bilish tarbiyachilar uchun katta amaliy ahamiyatga ega bo’ladi. Har bir bosqichda faoliyat motivlari ham o’zgaradi, ularning o’zgarishi shaxs ehtiyojlari va talablari darajasining o’zgarishiga mos tarzda ro’y beradi. Professor E.G’oziyevning “Psixologiya” (1994) kitobida bunday bo’linishlar xarakteristikasi batafsil keltirilgan.


35-rasm. J.Piaje bo’yicha intellektni rivojlanish bosqichlari

Inson hayotining barcha davrini yaxlit tarzda qamrab olgan klassifikasiyalardan biri – butun jahon olimlarining qaroriga ko’ra, 1965 yili Xalqaro Fanlar Akademiyasining maxsus simpoziumida qabul qilingan sxema hisoblanadi. Quyida keltirilgan 4-jadvalda berilgan xuddi shu yuqoridagi sxema bo’lib, u Ananyev, Erikson va Birrenlar taklif etgan klassifikasiyaga asoslangan.



4-jadval. 1965 yili XFAning maxsus simpoziumida qabul qilingan yosh davrlari sxemasi



Yüklə 263,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin