Yakuniy nazorat savollari



Yüklə 263,06 Kb.
səhifə8/11
tarix15.02.2023
ölçüsü263,06 Kb.
#84393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Kasbiy Psixalogiya. savollar banki (2)

yosh davrlari

erkaklarda

ayollarda

chaqaloqlik

1-10 kun

1-10 kun

emiziklik davri

10 kundan 1 yoshgacha

10 kundan 1 yoshgacha

ilk bolalik

1-2 yosh

1-2 yosh

bolalikning 1-davri

3-7 yosh

3-7 yosh

bolalikning 2-davri

8-12 yosh

8-11 yosh

o’smirlik davri

13-16 yosh

12-15 yosh

o’spirinlik davri

17-21 yosh

16-20 yosh

o’rta yetuklik davri:







birinchi bosqich

22-35 yosh

21-35 yosh

ikkinchi bosqich

36-60 yosh

36-55 yosh

keksalik davri

61-75 yosh

56-75 yosh

qarilik davri

76-90 yosh

76-90 yosh

uzoq umr ko’ruvchilar

90 yoshdan ortiq

90 yoshdan ortiq


  1. Bolalik davri.

Ilk yoshlik davri bizning tilimizda “bolalik” deb ataladi. Bu davr bola taraqqiyotida juda katta ahamiyatga ega. Chunki aynan shu davrda bola predmetlar va narsalar olami bilan bevosita tanishadi, o’z ona tilida gapirish malakalarini orttiradi va tengqurlar davrasini topadi. Bog’cha yoshigacha bo’lgan ilk bolalik davrining o’ziga xosligi shundaki, bu davrda bola hissiy olami boyiydi, u bevosita o’zini o’rab turgan yaqinlari muhitiga moslashadi, u yerdagi muloqot va muomala shakllaridan ta’sirlanadi. Bolaning tashqi olamni bilishga bo’lgan tabiiy ehtiyojlari ham ayni shu davrda namoyon bo’ladi. Shuning uchun ham hali yoshiga to’lmagan bolaga rang-barang o’yinchoqlar berilsa, o’zi yotgan beshikdagi rangli bezaklardan zavqlanadi.


Bu bola taraqqiyoti va olamni bilishga intilishi qoniqtirilayotganlidan darak beradi.
Bola 6 oylik bo’lgandan keyingi davrida endi o’z qullari bilan predmetlarni ushlaydigan, ularning “sirlari”ni o’rgana boshlaydi, o’zidagi hissiyotlarni va zavqlanayotganlarini “g’udurlashlari” va tovush ohanglarida ifodalaydi. Ushbu davrda boladagi ana shu elementar ehtiyojlarning qondirilishi, bunday tashqari, bu ehtiyoj sevimli onasi, buvilari, otasi, bo’lsa agar, akalari va opalari davrasida ro’y berishi yanada ahamiyatlidir.

  1. Psixologik bilimlarning paydo bo‘lish davrlari (e.a. 4-5-asrlardan ening 16- 18 asrlarigacha bo‘lgan taraqqiyot).

“Psixologiya” termini XVI asrning oxirlarida paydo bo’lib, faqat XVIII asrning oxiri va XX asrning boshlaridagina keng qo’llaniladigan bo’ldi.


Lekin keyinchalik “Psixologiya” deb atalgan ta’limotning o’zi bundan ikki yarim ming yil oldin Gresiyada paydo bo’lgan.
VII-V asrlardagi qadimgi grek filosoflari boshqa dunyoning mohiyatini, uning kelib chiqishini bilishga uringanlar. Shu munosabat bilan ular tabiat haqida, inson haqida, uning olamda tutgan o’rni haqida, xususan uning ruhi va ruhiy hayoti, uning taqdiri haqida fikr yuritganlar.
Qadimgi grek filosoflarining ta’limotiga ko’ra, dunyoning asosida qandaydir bitta moddiy narsa yotadi. Ularning fikricha, inson ham dunyoning bir qismi sifatida shu moddadan tashkil topadi. Masalan, Falesning (624-547-yillar) ta’lim berishicha, butun mavjudotning, shu jumladan, inson tabiatining ham, asosi suvdir. Inson ruhi va ruhiy hayoti par (bug’) shaklida tasavvur qilingan.
Anaksimen (b.e.a. 588-525 y.) butun mavjudot zichlashish va siyraklashish qobiliyatiga ega bo’lgan havodan tashkil topgan, deb ta’lim beradi. Ruh – bu juda siyraklashgan havodir, deydi u.
Geraklit-Tyomniy (b.e.a. 544-483 y.) tabiatning asosi o’t (olov)dir deb hisoblagan. “Hamma narsa olovdan paydo bo’ladi va hamma narsa yana olovga aylanadi”. Butun dunyo, alohida narsalar, shuningdek, inson ruhi ham olovdan kelib chiqadi, deydi u.
Geraklitning fikricha, ruh – bu dunyoning abadiy harakatlanadigan va o’zgarib turadigan asosining – olovning o’tkinchi holatlaridan biridir.
Empedokl (Sisiliya orolidan, 483-423 y.) “Tabiat haqida” degan poemaning avtori bo’lib, u dunyoning asosida qandaydir bitta stixiya (suv, havo, tuproq yoki olovdan bittasi) emas, balki to’rt stixiyaning hammasi, ya’ni suv, havo, tuproq va olov yotadi deb ta’lim bergan. Empedoklning ta’limotiga ko’ra, dunyodagi narsa va hodisalarning turli-tumanligi shu to’rtta elementning birikishi bilan izohlanadi.
Demokritning ta’limotiga ko’ra, tan va ruh egasi bo’lgan inson atomlardan, tarkib topadi. Odamning tanasi qo’polroq, ilmoqsimon, g’adir-budur va sekin harakatlanadigan atomlardan tashkil topadi, ruhi esa eng silliq, dumaloq, sirg’anchiq, binobarin, eng harakatchan atomlardan tashkil topadi. Ruhning har bir ayrim atomi, hatto uning kichkina gruppalari ham sezuvchanlikka ega emas. Ularning bir qanchalari birlashibgina, sezuvchanlik qobiliyatiga ega bo’ladi. Ruh atomlari butun badanga tarqalgan, lekin ularning ko’pchiligi ko’zda, quloqda, panja uchlarida, yurakda hamda bosh miyada joylashgan. Bizning sezgilarimiz, hislarimiz va fikrimiz shu ruh atomlarining maxsus harakatidir. Atrofimizdagi narsalardan doimo dumaloq, yengil atomlar ajralib chiqib, fazoda uchib yuradi. Agar shu atomlardan birortasi ko’zimizga tushsa, biz ko’ramiz; qulog’imizga tushsa eshitamiz, burnimizga kirsa, biror narsaning hidini sezamiz va hokazo



  1. Kasbiy psixologiyaning tarmoqlari.

  2. Shaxs ijtimoiy ta’sirlar mahsuli sifatida.

“Shaxs” tushunchasi psixologiyada eng ko’p qo’llaniladigan tushunchalar sirasiga kiradi. Psixologiya o’rganadigan barcha fenomenlar aynan shu tushuncha atrofida qayd etiladi. Inson ruhiy olami qonuniyatlari bilan qiziqqan har qanday olim yoki tadqiqotchi ham shaxsning ijtimoiyligi va aynan jamiyat bilan bo’lgan aloqasi masalasini chetlab o’tolmagan.


Shuni alohida ta’kidlash lozimki, “Homo sapiens” – “aqlli zot” tushunchasini o’zida ifoda etuvchi jonzotning paydo bo’lganiga taxminan 40 ming yildan oshibdi. Bu davrda olimlarning e’tirof etishlaricha, 16 ming avlod almashgan. Ch.Darvin ta’biri bilan aytganda, tabiiy tanlanish jarayonida yer yuzida saqlanib qolgan minglab millat va elatlarning keyingi davrdagi taraqqiyoti ko’proq biologik omillardan ko’ra, ijtimoiy omillar ta’sirida ro’y bermoqda. Shuning uchun ham har bir individni yoki shaxsni o’rganish masalasi uning bevosita ijtimoiy muhiti va uning ijtimoiy normalari doirasida o’rganishni taqozo etadi.
Ijtimoiy muhit – bu insonning aniq maqsadlar va rejalar asosida faoliyat ko’rsatadigan dunyosidir. Mazmunan har bir insonning shu ijtimoiy olam bilan aloqasi uning insoniyat tajribasi, madaniyati va qabul qilingan, tan olingan ijtimoiy xulq normalari doirasidagi harakatlarida namoyon bo’ladi.
Demak, har bir shaxsning fe’l-atvorida atrofdagi do’stu-yorlari, oilasi, tarixiy zamon, davr, davlat tuzumi va o’sha jamiyatdagi siyosat, iqtisodiyot va mafkuraning ta’siri bo’lib, bu ta’sir uning yaxlit dunyoqarashi, fikrlash tarzi, tafakkurida o’z aksini topadi. Bunday ta’sirlarning ikki xili farqlanadi:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin