«yalpiznamolar qabilasi»



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə9/14
tarix07.01.2024
ölçüsü1,23 Mb.
#207179
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Dorivor limono‘t- Melissa officinalis L. Ko‘p yillik, poyasi tik, asosidan shoxlanuvchan, qalin dag‘al bezlar va tuklar bilan qoplangan, limon singari hidga ega, 30-60 sm balanlikdagi o‘t o‘simlik. Barglari tuxumsimon, chetlari yirik tishchali, ostki tomoni tuksiz, ust tomoni siyrak kalta tuklangan. Gullari uzun tutqichli, halqasimon joylashgan. Kosachasi 7-8 mm uzunlikda, uzun tolali tuklarga ega. Tojbargalari oq, tashqi tomoni biroz tuklangan, 13-14 mm uzunlikda. Yong‘oqchasi uch qirrali, to‘q-qo‘ng‘ir 1.7 mm uzunlikda. Iyun-avgust oylarida gullab, Iyul-sentyabr oylarida urug‘i yetiladi. Tog‘larning o‘rta mintaqalarida, qoyalar, soyalarda o‘sadi.

Toshkent, Qashqadaryo, Farg‘ona, Surxondaryo viloyatlarida tarqalgan. Tibbiyotda yer ustki qismi ishlatiladi. Yer ustki qismining (ba’zan


bargining) damlamasi ovqat hazm bo‘lishi buzilganda uni tartibga solish, kamqonlik, ba’zi asab va yurak kasalliklarini davolash uchun hamda tirishishga qarshi ta’sir etuvchi, og‘riq qoldiruvchi, surgi, siydik va yel haydovchi vosita sifatida qo‘llannladi. Limono‘t asosan xalq tabobatida ishlatiladi.




Qalampir yalpiz- Mentba piperita L. Ko‘p yillik, balandligi 30-40 sm, poyalari oddiy kam shoxlangan. Barglari uzun nashtarsimon, uchi uchli, qisqa bandli, tishchalari arrasimon. Gullari poya va shoxchalar uchida boshoqsimon
41
to‘pgul hosil qiladi. Kosachasi binafsha, tuksiz, uch burchakli, uchli kipriksimon tishchali. Tojbarglari pushti-ko‘kish 3-4 mm uzunlikda. Changchilari tojbarglardan qisqa. Iyun-avgust oylarida gullaydi.

Kam hollarda ariqlar qirg‘og‘ida o‘sadi. Toshkent viloyatida tarqalgan. Bargi tinchlantiruvchi, o‘t haydovchi va me’da kasalliklarida ishlatiladigan


choylar yig‘malar, efir moyi qorin og‘rig‘ini qoldiruvchi tabletka va tomchilar, mentol ingofen tarkibiga kiradi. O‘simlikning bargi Zdrenko yig‘masi tarkibiga kiradi.




Mushuk zufo-Nepeta cataria L. Ko‘p yillik, poyalari yo‘g‘on, sershox, balandligi 60-80 sm. Barglari uchburchakli, teskari tuxumsimon, asosi yuraksimon, yirik tishchali, yuzasi tuksiz, ostki tomoni siyrak tukli. Gullari siyrak, ko‘p sonli, yarim soyabonsimon, to‘pgul hosil qiladi. Gul tutqichlari 5-10 mm uzunlikda, gul yon barglari juda mayda, nashtarsimon ignaga o‘xshash tuklangan. Kosachasi 5-6 mm uzunlikda, kulrang momiqli. Tojibarglari och havorang yoki ko‘k ayrim hollarda oq, 7-8 mm uzunlikda. Yong‘oqchasi ellipisimon, qo‘ng‘ir rangda, tekkis 1,5 mm uzunlikda. Iyun-iyul oylarida gullaydi, iyul-avgustda urug‘laydi.

Tog‘larning o‘rta mintaqasigacha begona o‘t sifatida o‘sadi. Toshkent, Farg‘ona, Surhondaryo viloyatlarida va Qoraqalpog‘istonda tarqalgan.


O‘simlikning yer ustki qismi bosh og‘rig‘ida, oshqozon yallig‘lanishida, yo‘talda qo‘llaniladi.





Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin