“YANGI HAYOT UCHUN, YANGI O‘ZBEKISTON UCHUN!” IMTI
2023 yil 27 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qarori e’lon qilindi. Mazkur qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz
ikki yillik bayramini
“YANGI HAYOT UCHUN, YANGI O‘ZBEKISTON UCHUN!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan tashkiliy-amaliy, ma’naviy-
ma’rifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari o‘zida aks ettirgan alohida
Dastur asosida o‘tkazilishi belgilandi.
Darhaqiqat, mamlakatimiz mustaqilligining 32 yilligini katta tantana sifatida
nishonlandi. Shuningdek,
2023-yil tarix zarvaraqlariga alohida qayt etiladigan yil
bo‘ldi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Chunki, O‘zbekiston Respublikasida 2023-yil 30-aprelda o‘tkazilgan
umumxalq referendumi asosida
“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni 2023-yil
1- maydan e’tiboran kuchga kirdi hamda mana shu qabul qilingan Qonun asosida
2023- yil 9- iyul kuni muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi
o‘tkazildi.
Bugun mamlakatimiz yangi davr ostonasida turibdi. Ya’ni, o‘ttiz ikki yildan
ziyod vaqt mobaynida mustaqil O‘zbekiston davlatimizning huquqiy asosini
ta’minlab kelgan, bugungi farovon hayotimiz uchun mustahkam omil bo‘lgan
Konstitutsiyamizni yangi davr ruhiga monand yangi tahrirda qabul qildik.
Yangilanayotgan O‘zbekistonda o‘tgan davr mobaynida ta’lim-tarbiya sohasini
tubdan isloh etish maqsadida bir qator islohatlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Farzandlarimizning har tomonlama barkamol shaxs etib tarbiyalashda sifatli ta’lim-
tarbiyaning o‘rni muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, o‘tgan qisqa davr mobaynida
maktabgacha va maktab ta’limi, oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimida muhim
o‘zgarishlar amalga oshirildi. “Yangi O‘zbekiston – maktab ostonasidan boshlanadi”
degan shior asosida maktab ta’limini rivojlantirish umumxalq harakatiga aylandi.