“YANGI HAYOT UCHUN, YANGI O‘ZBEKISTON UCHUN!” IMTI
Mamlakatmizda keyingi to‘rt yil mobaynida
134 ta yangi maktab qurilib,
2 ming 965 ta maktab rekonstruksiya qilinib, yangi qiyofaga kirdi. Yurtimizda mutlaqo
yangicha mazmun va shakldagi zamonaviy Prezident maktablari, ijod maktablari va
ixtisoslashtirilgan maktablar barpo etildi. Hozirgi vaqtda respublikamizda
10 mingdan ziyod davlat umumta’lim
, 171 ta nodavlat,
18 ta davlat-xususiy sheriklik
shaklidagi maktablar faoliyat ko‘rsatmoqda. Jumladan,
56 ta matematika,
28 ta
kimyo-biologiya,
14 ta axborot texnologiyalari fanlariga ixtisoslashtirilgan maktablar
tashkil etildi.
Yangi tahriridagi Konstitutsiyaning ta’lim olish huquqi va imkoniyati
kengaytirilishi hamda o‘qituvchilar konstitutsiyaviy maqomga ega bo‘lishi
belgilandi. Endi yurtimizda o‘qituvchining mehnati jamiyat va davlatni
rivojlantirish, sog‘lom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning
ma’naviy-madaniy salohiyatini saqlash va boyitishning asosi sifatida e’tirof etiladi.
Prezidentimiz Oliy Majlis va xalqimizga Murojaatnomasida ma’rifatparvar jadid
bobolarimizning
“Najot -ta’limda, najot - tarbiyada, najot - bilimda. Chunki barcha ezgu maqsadlarga bilim va tarbiya tufayli erishiladi” , degan hikmatini
eslatar ekan, bu tamoyil deputat va senatorlar, siyosiy partiyalar, mahalliy
kengashlar, butun davlat boshqaruvi jamoasi, keng jamoatchilikning amaliy
harakatiga aylanishi kerakligini aytgani bejiz emas, albatta. Murojaatnomada
maktablarda ta’lim sifati hamda jamiyatda o‘qituvchi kasbining nufuzini oshirish,
ularning sharoitini yaxshilash 2023-yilda davlatimizning eng asosiy vazifalaridan
biri bo‘lishi ta’kidlangan edi.
Bu vazifalarni amalga oshirishda “O‘z bolangni o‘zing asra” shiori ostida ota-
onalarning mas’ulyatini oshirish, sinf rahbarlari bilan hamkorlikni yanada
mustahkamlash, mahalla faollari bilan doimiy ravishda ish olib borish zarur va
muhimdir. Bu yo‘lda barchangizga kuch-g‘ayrat, sog‘liq va salomatlik tilab, yana
bir bor barchangizni bayramlar bilan muborakbod etaman.
1-boshlovchi : Tabrik uchun so‘z tadbirimizga tashrif buyurgan
mehmonlarimizdan ________________________________________________ga
beramiz. Marhamat.