“YANGI HAYOT UCHUN, YANGI O‘ZBEKISTON UCHUN!” IMTI
1-boshlovchi: Bugungi tadbirimizga tuman/shahar xokimligi vakili
__________________________, tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi
xodimi ________________________________, ___________ mahalla oqsoqoli
_____________________, ______________________ mahalla uchastka noziri
_______________________________ va ________________________________
_________________________________lar tashrif buyurishgan.
2-boshlovchi: Tadbirimizni ochib berish uchun so‘zni maktabimiz direktori
________________________________________________________ ga beramiz.
(Maktab direktorining tabrigi)
Maktab direktori: Assalomu alaykum, aziz mehmonlar, hurmatli ustozlar va
qadrli o‘quvchilar. Barchangizga Mustaqillik va bilimlar bayrami muborak bo‘lsin.
Biz bugun O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32-yilligini yangidan-yangi
zafarlar, ko‘tariki ruxda, musaffo osmon ostida, bag‘ri butunlikda kutib
olmoqdamiz. Albatta bu mustaqillik va tinchlik nashidasidir.
Azizlar, banday dorulomon kunlarga yetib kelishni o‘zi bo‘lmadi. Bunda,
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, hurmatli Islom Abdug‘aniyevich
Karimovning beqiyos xizmatilarini eslamasdan hech iloji yo‘q. Bu insonning say’i-
xarakatlari natijasida “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash Milliy
Dasturi” va uning uzviy mantiqiy davomi sifatida “Maktab ta’limini rivojlantirish
Davlat umummilliy Dasturi” qabul qilindi. Bu dastur asosida Respublikamizda
yangidan-yangi zamonaviy uslubdagi maktablar qurilib, kapital ta’mirlandi. Xuddi
shuningdek, bizning maktabmizda ham barkamol avlodning xar tomonlama yetuk
bo‘lib voyaga yetishi, ta’lim va tarbiya olishlari uchun barcha shart-sharoitlar
yaratilgan.