Yangi korxonalarni tashkil qilish asosida nima yotadi?


Korxonani tugatishga nima sabab bo’ladi



Yüklə 19,52 Kb.
səhifə3/3
tarix07.01.2024
ölçüsü19,52 Kb.
#202634
1   2   3
Amaliy mashg2

8. Korxonani tugatishga nima sabab bo’ladi
Korxonani tugatish ququqiy xatti-qarakat bo`lib, ishlab chiqarish va xo`jalik
yuritish faoliyatining to`xtatilishini anglatadi. Korxona tugatilganda u davlat
ro`yxatidan chiqariladi, uning bankdagi qisob raqami yopiladi qamda muqr, shtamp
va boshqa rekvizitlari qaqiqiy emas deb qisoblanadi.
Korxonani tugatishga quyidagilar sabab bo`lishi mumkin:
•ishlab chiqarilayotgan maqsulot(ish, xizmat)ga bo`lgan talabning pasayib
ketishi yoki umuman yo`qolishi;
•ishlab chiqarishning zarar keltirishi;


9. Korxonani qayta tashkil qilishdan maqsad nima va u qanday amalga oshiriladi?
Korxonani qayta tashkil qilish – bu, uning birlashib ketishi, qo`shilishi,
bo`linishi, ajralib chiqish va shaklini o`zgartirishi degani. Korxonani qayta tashkil
qilish ta`sischi (ta`sischilar) yoki korxona boshqaruvi qaroriga muvofiq amalga
oshiriladi. Qayta tashkil qilish korxonaning ishlab chiqarish ko`rsatkichlari,
moliyaviy va iqtisodiy ko`rsatkichlari avvalgiga nisbatan yaxshilanishiga xizmat
qilishi lozim.

10. Korxona bankrotligining asosiy sabablarini sanab o’ting.
Bankrotlik, (ital. — singan kursi), s i n i sh — fuqaro, korxona, firma yoki bankning mablagʻi yetishmasligidan oʻz majburiyatlari boʻyicha qarzlarni toʻlashga qurbi yetmasligi; qarzdorning majburiyatlari mol-mulkidan oshib ketganligi sababli tovar (ishlar, xizmatlar)ga haq toʻlash yuzasidan kreditorlarning talablarini qondirishga qodir emasligi, shuningdek byudjetga va boshqa fondlarga majburiy toʻlovlarni taʼminlashga qodir emasligi tushuniladi. B., odatda, korxonaning yopilishiga olib keladi. Chunki qarz (kredit) beruvchining talabini qondirish uchun mol-mulkini sotishdan oʻzga chorasi qolmaydi. B.ga uchrashning sabablari tovar i. chda qiymati qonunning amal qilishi, raqobat va inflyatsiya bilan belgilanadi. Iqtisodiy inqirozlar davrida kasodga uchragan korxonalarning soni keskin oshib ketadi, uning oqibatida ishsizlik kuchayadi. Sobiq Ittifoq xalq xoʻjaligida B. tushunchasi NEPdan keyin isteʼmoldan chiqib ketgan edi, 1987y.dan eʼtiboran korxonaning toʻlov qobiliyati yoʻqligi tushunchasi amaliyotga kiritildi. B. amalda korxonaning byudjet, bank va mol yetkazib beruvchilar oldida oʻz majburiyatlarini bajarishga ojizligini bildiradi. Bankrot deb eʼlon qilingan korxonalarga nisbatan qator sanatsiya tadbirlari oʻtkaziladi, unga har tomonlama yordam koʻrsatiladi (soliqlardan ozod etiladi, qarzlarni toʻlash kechiktiriladi). Bozor iqtisodiyoti sharoitida B.ga uchragan korxonalar boshqa korxonalarga sotiladi yoki qoʻshib yuboriladi, korxona jamoa aʼzolariga ijaraga beriladi va boshqa Korxonalar sudlar, xoʻjalik sudlari qarori bilan bankrot deb eʼlon qilinadi. 
11. Korxonani moliyaviy jihatdan sog’lomlashtirish nimani anglatadi
Davlat ishtirokidagi korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish sohasidagi ishlarning tahlili moliyaviy nobarqaror korxonalar soni oshib borayotganini, ko‘rilayotgan choralar esa kutilgan samarani bermayotganini ko‘rsatmoqda. Korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirishning huquqiy asoslari tahlili quyidagi bir qator yechilmagan masalalar mavjudligidan dalolat beradi:
birinchidan, tartibga solishda kamchiliklar mavjud. Moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha tadbirlarning ma’lumot yig‘ishdan monitoring qilishgacha bo‘lgan bosqichidagi barcha masalalarni qamrab oluvchi yagona hujjat shu paytga qadar qabul qilinmagan, mavjud hujjatlar esa jarayonning faqat muayyan bosqichlarini tartibga soladi;
ikkinchidan, korxonalar tomonidan qabul qilinayotgan biznes rejalarning moliyaviy sog‘lomlashtirishning belgilangan normativlari bilan zaruriy bog‘liqligi mavjud emas. Korxonalarning boshqaruv organlari o‘z faoliyatida moliyaviy sog‘lomlashtirish normativlariga muvofiqlikni tekshirib ko‘rmayapti va korxonalarning barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda ularni hisobga olishmayapti;
uchinchidan, davlat ishtirokidagi korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tushunchasi tavsifi, uning mazmuniga oid talablar, ishlab chiqish va monitoring qilish tartibi mavjud emas. Moliyaviy sog‘lomlashtirish yo‘l xaritalari 2011-yildan buyon ishlab chiqilayotgan bo‘lishiga qaramay, ularni ishlab chiqish, tasdiqlash va monitoring qilish bo‘yicha normativ baza hozirgacha yaratilmagan;
to‘rtinchidan, “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirishga xo‘jalik birlashmalari va hokimliklar jalb qilinmagan. Normativ baza yo‘qligi sababli tarmoq idoralari va hokimliklar “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqishda nomigagina ishtirok etmoqda va ularda belgilangan chora-tadbirlarning ijrochilaridan biri bo‘lib qolmoqda;
Yüklə 19,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin