Yangi O‘zbekiston ma’rifatli jamiyat



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə1/2
tarix02.06.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#122056
  1   2
AXBOROT XATI lotin




O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son farmonining 1-ilovasida belgilab qo‘yilgan “Yangi O‘zbekiston — ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasini amalga oshirish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 maydagi “2022 — 2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-134-son farmonlarida belgilab berilgan maqsadlar hamda 2022-yil – “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” Davlat dasturi doirasidagi ustuvor yoʻnalishlar ijrosini ta’minlash maqsadida Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi 2022-yilning 25-noyabr kuni “BOSHLANG‘ICH TA’LIM TIZIMIGA INTEGRATIV YONDASHUV: NAZARIYA VA AMLIYOT” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazilishi rejalashtirilgan.


Anjumanda quyidagi shoʻbalar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan:
1-shoʻba. O‘zbek va xorijiy tillarning o‘qitilishi boshlang‘ich ta’lim tizimidagi muammo va yechimlari.
2-shoʻba. Aniq fanlarning elektiv prinsiplari orqali boshlang‘ich ta’limning eruditsion innovatorlarini tarbiyalash.
3-shoʻba. Boshlang‘ich ta’lim tizimida tabiiy fanlarni o‘qitishdagi kreativ tendensiyalar.
4-shoʻba. Uzluksiz ta’lim tizimida ijtimoiy fanlar integratsiyalashuvi orqali tarbiya indikatorlarini rivojlantirish.
Anjuman ishida Xalq ta’lim vazirligi tizimidagi ilmiy-tadqiqot muassasalari, quyi boʻgʻin tashkilotlari, umumta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot institutlari, tizim xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlari professor-o‘qituvchilari va mutaxassislari, doktorantlar, magistrlar, iqtidorli talabalar, mustaqil izlanuvchilar, ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan soha mutaxassislari ishtirok etishlari mumkin.
AXBOROT XATI


Anjumanda o‘zbek, rus, ingliz va tojik tillaridagi tezis va maqolalarni taqdim etish orqali ishtirok etish mumkin.
Konferensiyaga taqdim etilayotgan ilmiy maqolalarga qo‘yiladigan talablar va rasmiylashtirish tartibi:
- maqola va tezislar hajmi 3-6 bet to‘liq hajmda, Microsoft Word muharririda, matnlar Times New Roman, 14 shriftda, 1,5 intervalda, sahifaning barcha tomonlaridan 2 sm qoldirilgan holda tayyorlanishi



lozim. Fayl nomlari muallifning familiyasi hamda shoʻba raqami bilan nomlanishi maqsadga muvofiq (masalan: Odinaboboyev 4-shoʻba).
- maqola va tezis mavzusi bosh harflarda (14 shriftda) o‘rtaga yozilib, keyingi satrda muallif(lar) ismi-sharifi, ish joyi, ilmiy darajasi yoki ilmiy unvoni, telefon raqami, elektron manzili (agar mavjud bo‘lsa keltiradi). Undan keyin 1,5 interval pastda annotatsiya, kalit so‘z yoziladi. Kalit so‘zlardan keyin 1,5 interval pastdan xat boshidan tezis matni, so‘ng matn xulosasi, undan so‘ng pastdan adabiyotlar keltiriladi;
- foydalanilgan adabiyotlar tezis oxirida alifbo tartibida keltiriladi;
- tezis va maqolalar elektron nusxada topshiriladi;
- konferensiya materiallari elektron va bosma to‘plam holida chop etiladi.
Maqola va tezisdagi ma’lumotlar, faktlar va statistikalarning to‘g‘riligiga mualliflar mas’uldir. Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan maqolalar tashkiliy qo‘mita tomonidan ko‘rib chiqilmaydi va to‘plamga kiritilmaydi.
Muallif(lar)ning familiya, ismi va sharifi, xizmat joyi, egallab turgan lavozimi va telefon raqami, elektron manzili ko‘rsatilgan holda konferensiya materiallari elektron 2022-yilning 25-noyabrga qadar quyidagi telefon raqamlardagi telegramm akkauntlari orqali qabul qilinadi: +998(99)376-62-56, @fazruh, Odinaboboyev Fazliddin Bahriddin o‘g‘li.

Tezis va maqolalarni chop etish xarajatlari 1 ta maqola uchun 30 000 (o‘ttiz ming) soʻmni tashkil etadi. Ilmiy daraja va unvonga ega professor-oʻqituvchilari tomonidan yuborilgan ishlar uchun badal toʻlovi talab etilmaydi.


To‘lovni quyidagi plastik karta raqami orqali amalga oshirish mumkin (9860040102294069 HUMOCARD, Odinaboboyev Fazliddin).




Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin