Bilmasvoy: Mayli, aytaqoling.
Bolalar:
1. Tilingni xo’b chaqadi.
(garimdori)
2. O’zi bitta, ko’zi ikkita,
Mo’ylovi o’zidan ham uzun.
(suvarak)
3. Dunyoda eng mazali,
Sedanali, jizzali.
(non, kulcha)
4. Bo’g’irsoqday dumaloq,
Issiqda bosar chanqoq.
(tarvuz)
5. Yoz bo’yi u mehnatda,
Qishda uxlar, albatta.
(chumoli)
6. Ayyorlikda tengi yo’q,
Tovuq, g’ozning tinchi yo’q.
(tulki)
Tarbiyachi: Ha, topolmadingiz-ku, “Aqlda tengi yo’qman”
derdingiz-ku. SHuniyam topolmadingiz Bilmasvoy.
Bilmasvoy: Qiyin ekanda, topishmoqlaring, osonrog’ini so’ranglar.
Tarbiyachi: Unda bolalardan yordam so'rang.
Bilmasvoy: Mayli yordam beraqoling bolajonlar!
(Bolalar topishmoqlar javobini topadilar)
Bilmasvoy: Qoyil, ofarin, bolalar! “Aqlda tengi yo’q” deb sizlarni aytsa bo’larkan! Bolalar endi sizlar bilan bir “Andijoncha”siga raqsga tushmoqchiman.
Dostları ilə paylaş: |