Yangi ózbekistonga bir qadam



Yüklə 14,62 Kb.
tarix08.05.2023
ölçüsü14,62 Kb.
#109357
Tursunboyeva N


YANGI ÓZBEKISTONGA BIR QADAM.
Yangilanayotgan Konstitutsiya O'zbekiston jamiyatining rivojlanishidan kelib chiqayotgan hayotiy zarurat bo'lib, bu ish mamlakat, millat va xalq sifatida keyingi qadamlarimizni aniqlab olishimiz uchun g'oyat ahamiyatli masala, adolatli jamiyat qurish yo'lidagi ulkan qadamdir.
REFERENDUM-(lotincha referendium)-bu fuqoralarning davlat, viloyat yoki mahalliy kólamda eng muhim masalalar bóyicha ovoz berish yóli orqali óz fikrlarini bevosita bildirishidir. Umumxalq ovoz berish yóli bilan qonunlar qabul qilish va davlat ahamiyatiga molik eng muhim masalalarni hal qilish shakli yáni demokratiyaning muhim vositasi. Ózbekiston Respublikasining referendumi tóǵrisidagi qonun (dastlab 1991-yilda 18-noyabrda qabul qilingan, 2001-yil 30-avgustda tahrir qilingan)ga kóra Ózbekiston Respublikasining referendumi Ózbekiston Respublikasining qonunlarini va boshqa qarorlarini qabul qilish maqsadlarida jamiyat va davlat hayotining eng muhim masalalari yuzasidan fuqarolarning umumxalq ovoz berish jaraoyoni hisoblanadi. Referendumda qabul qilingan qarorlar oliy yuridik kuchga ega bóladi.
Konstiticiyamizdagi ózgarishlar oldida turgan bir qancha masalalarni kózdan kechirib ótirar ekanman, meni yoshlarga oid <>-degan joyi etiborimni tortdi.
Demak, Respublikamizdagi 18 milliondan ortiq yoshlar masalalariga ham alohida etibor berilibdi:
-Yoshlar huquqi konstituciyada kafolatlanadi -Yoshlarning tálim olishi va ijtimoiy va tibbiy himoyasi, uy-joyli bólishi, bandligi uchun shart-sharoitlar-yaratish davlatning konstituciyaviy majburiyati sifatida kiritilmoqda,
-Nogironligi bólgan shaxslar davlat himoyasiga olinadi-Mehnatga layoqatsiz va yolǵiz keksalar, nogironligi bólgan shaxslar hamda aholining ijtimoiy jihatdan extiyojmand boshqa toifalarining huquqlari davlat himoyasida ekanligi belgilanmoqda,
-Ijtimoiy xizmatlar davlatning majburiyati hisoblanadi-Aholiga imtiyozli uylar berish, bepul tibbiy jihozlar, protez-ortopediya buyumlari, oziq-ovqat mahsulotlari bilan táminlash, yetim bolalar uchun oliy tálimda bepul óqish imkoniyatini yaratish va.h
Bu ózgarishlar albatta, men va menga óqshagan Respublikamiz yoshlarini quvontiradi. Sababi, huddi kechagidek esimda.....Talabalik yillarimizda endi óquv yili boshlagandan paxta yiǵim-terimiga kursdoshlarimiz bilan ketardik va kuz oylari oxirida qaytib kelardik. Begona qishloqlarda, ota-onamizdan yiroqda kuz mavsumini ótirardik. Bundan tashqari majburiy shanbaliklar ham tinkamizni qurtardi. Bu bizning sifatsiz tálim olishimizning eng birinchi sabablaridan bólib qolardi. Davlatimiz raxbari tákidlab ótkanidek, keyingi yillarda 6500 oliy málumotli bitiruvchilar ishsiz qolgan.(Shundan 3000 nafari davlat byudjetida tahsil olgan) Bu yuqorida keltirilgan misollarning dalili hisoblanadi. Lekin 2017-yildan boshlab yoshlarning huquqlari poymol qilinishi yáni paxta mobilizaciyasiga qatnashish va shunga óqshagan mehnatlar uzul-kesil tóxtatildi. Bu quvonarli holat albatta.
Nogironligi bólgan shaxslarga berilgan imtiyozlar esa sanoǵi yóq. Avallari oliy tálim muassasalarida nogiron shaxsni uchratish mushkul edi. Ular oliy malumotli bólishni hayoliga ham keltirolmas edi. Bugun esa nogironligi bólgan shaxslarga davlat tamonidan grandlar ajratilib, ular talabalar qatoriga qóshilmoqda va soǵlom shaxslar kabi tahsil olishi ularning huquqlari poymol qilinmasligi davlat tamonidan kafolatlangan. Ularga uy-joy va boshqa moddiy yordamlarning berilishi har-birining hayotga qiziqishini orttirdi. Bundan kórinib turibdiki davlatimizda hech bir fuqoro etibordan chetta qolmaydi. Prezidentimiz takidlaganidek, har birimiz orqamizda suyanadigan Davlatimiz bor deb erkin yashashga haqlimiz.
Sónggi olti yilda erishgan yutuqlarimizni, shu jumladan, iqtisodiyot, inson huquqlari, odil sud, sóz erkinligi, ijtimoiy himoya sohasidagi yuzlab cheklovlarning olib tashlangani va bu erkinliklar faqat hozir emas, shu bilan birga kelajak avlodlarimiz ham erkin foydalanishi uchun, ularni albatta Konstituciyada belgilab qóyish talab etilmoqda. Bu albatta farzandlarimiz kelajagining porloq ekanligiga asos bóla oladi.

Yüklə 14,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin