Mavzu:Sanitariya va gigiyena qoidalari.
Reja:
1.Mehnatgigiyenasi faniga iforda berish. Umumiy va xususiymehnatgigiyenasis tushunchalarni yoritish.
2.Mehnat gigiyenasi kelib chiqish tarixini o‘rganish.
3.Mehnat gigiyenasi vazifalari.
4.Ishlab chiqarishda zararli va xavfli omillar klassifikasiyasi.
Tayanch so‘z va iboralar: mehnat gigiyenasi, fanning rivojlanishi, mashxur olimlar, zararli va xavfli omillar, profilaktik chora- tadbirlar.
Mehnat gigiyenasi – profilaktik fan bo‘lib ishlovchi organizmiga ish jarayonini va ishlab chiqarish muxitini ta’sirini o‘rganuvchi va sanitar gigiyenik, davolash profilaktik, ishlovchilarning salomatligini saqlashg va ish qobiliyatini oshirishga karatilgan chora tadbirlarni ishlab chiqadi.
O‘quv darsligi sifatida tibbiy profilaktika talabalariga VIII,IX,X,XI, va XII semestrlarda o‘tiladi. U umumiy va xususiy bo‘limlarga bo‘linadi.
Umumiy mehnat gigiyenasi–tibbiy profilaktik faninining bo‘limi bo‘lib, ishlab chiqarish korxonalarida yetakchi omillarga gigiyenik baxo berish, omil ta’sirini oldini olish, sanitar targ‘ibot ishlarini olib borish, sog‘lomlashtirish chora tadbirlarini ishlab chiqish va qo‘llash masalalarini o‘rganadi.
Xususiy mehnat gigiyenasi - tibbiy profilaktik faninining asosiy bo‘limi bo‘lib, ishchi sharoitining ta’siri, mehnatni tashkil qilish va ish jarayonini hamda davlat sanitar nazorati olib borish ahamiyatini, ishlab chiqarish ob’yekt turlari va bo‘limini o‘rganadi.
Mehnat gigiyenasi fanini o‘rganishdan oldin, fanning rivojlanish tarixiga nazar solamiz. Inson mehnatqilishni boshlagandan buyon, mehnat sharoiti xamda uning ish jarayenida ishchi organizmiga ta’siri paydo bo‘lgan. Marks talqini bo‘yicha:
Mehnat – buinsonii xayotning doimiy, tabiiy sharoiti bo‘lib, shuning uchun u hayotning xech bir shakliga bog‘lik emas‖. Bu xolat ishlovchilarning mehnat sharoitlariga va ishlash jarayonini baxolashda doim o‘rinli bo‘lgan. Dastlab kasbiy kasalliklar haqida kadimgi Gresiya olimlaridan Gippokrat, Pliney, Galen ma’lumotlar berib ketishgan. Antik davrda, eramizdan 379 yil oldin Gippokrat rudaqazib olishda xosil bo‘ladigan changning salbiy ta’sirini bilgan.
Gippokrat ―Ular (qazib oluvchilar) kiyinlik bilan nafas oladilar, rangi oqargan va toliqqan.
Galen xam changning ishchilar organizmiga salbiy ta’siri mavjudligini ta’kidlab o‘tgan, u qorg‘oshinning ta’siri natijasida ro‘y beradigan patologiyani to‘liq ta’kidlab o‘tgan. Eramizning X asrda O‘rta osiyolik buyuk mutakkir, olim Abu Ali Ibn Sino o‘zi yaratgan ―Tib qonunlari asarida inson uchun kasb, harakat, oziq ovqat va boshqalar haqida batafsil bayon qilgan.
Ayni shu mehnatlari bilan o‘chmas nom qoldirgan.
Kapitalistik jamiyatqurilayotgan davrda, mehnat gigiyenasining taraqqiyotida shubxasiz yetakchi bulib italiyalik professor, olim Bernardino Ramasini (1633-1714) xisoblagan, shuning uchun asosli ravishda uni kasb gigiyenasining otasi deb atashgan. Uning Hunarmandlar kasalligi haqida talqini nomli monografiyasi muallif xali xayotligi davrida nashr qilingan, 18 arsda va 19 ars birinchi yarmida esa 25 marotaba ko‘p qayta nashr qilingan. Bu mehnati o‘zining tarkibiy qimmatliligi, mehnat gigiyenasi va o‘sha davr bilan bog‘liq kasbiy patologiya bo‘yicha savollariga ensiklopedik talkin bo‘la olishidir.
Keyinchalik o‘sha davrning eng oldi kapitalistik mamlakati Angliyada bo‘lgan, ish sharoiti og‘irligi va ayovsiz eksplatasiyadan norozi bo‘lgan ishchilarning revalyusion harakati, boshqarib turuvchi sinflarni ishilarning mehnat sharoiti,yashash va ovqatlanishi borasida bir qator yaxshilash buyicha tadbirlar olib borishga majbur qiladi. 1883 yil bu tadbirlarni olib borishda Lord Etli ko‘rsatmasi bilan fabrikalar holatini tekshirishda ishlagan, parlament kommisiyasi a’zosi Leonard Garner katta ro‘l o‘ynagan, uning ishchilar sinfiga ko‘rsatgan beqiyos xirmat kilgan inson sifatida yozgan. Garner boshlagan ishni uning shogirtlarivaizdoshlari Gringou, Arlezm, Edvin va Chervik muvofaqiyatli davom ettirgan. Tobora Angliyada tadbirkorlar tomonidan kuchayib boruvchi eksplotasiyaga qarshi ishchilar naroziligiga javoban, bo‘yash ishlarida ko‘rgoshin, gugurt fabrikalarida sariq fosfor ishlatish, o‘spirin va ayollarga kulgi ishi taqiqlaganligini ta’kidlash mumkin. Qonuniyatlar qilindi, ulardan baxtsizlik holatidan va kasbiy kasallik sug‘urtalash. Rossiyada mehnat gigiyenasi bo‘yicha eng taraqqiy qilgan xo‘jalik kapitalizmi va ishchilarning revalyutsion ko‘zg‘oloni kuchaygan davriga to‘g‘ri keldi. Mehnat gigiyenasi rivojlanishiga Rossiya tibbiyoti olimlari katta xissa qo‘shdi.
Xo‘jalik tibbiyoti rivojlanish kurtaklari(o‘sha davrda shu nombilan yuritgan). Pyotr-1, Yekaterina-2, M.V.Lomonosov va 17-18, va 19 arsning qator boshqa olimlari:
I.M.Protasov, A.N.Nikitin, P.A.Piskov, D.P.Nikolskiy, A.V.Pogojev, Ye.A.Osipov, Ye.M.Dementyev, G.V.Xlopen nomi bilan bog‘liq.
Shuningdek mehnat gigiyenasi rivojlanishida buyuk gigiyenist F.F.Erisman katta xissasi mavjud.
Rossiyada mehnat gigiyenasi rivojlanishi haqida gapirar ekanmiz, quyidagi gigiyenistlarning katta xissasi mavjudligini eslab o‘tishimiz zarur: D.P.Nikolskiy (Mehnat gigiyenasi bo‘yicha oliy va texnik bilim yurtida dars bergan 1-shifokori). V.A.Leviskiy (Mehnat sharoiti ishchi salomatligiga ta’sirini o‘rgangan) va Mehnat gigiyenasi va mehnat muxofazasini o‘rganishda N.A.Vigdorchuk va Kaplun Mehnat gigiyena Muxofazasi Ilmiy tekshirish Instituti tashkil qildi. Ular 1926 yilda birinchi marta Moskva Tibbiyot Instutida mehnat kafedrasini va birinchi o‘quv darsligini yaratgan.
Ish jarayonida MNS rivojlanishi roli, charchash holatining paydo bo‘lishi va mehnatning normallashishi to‘grisida o‘z xissasini buyuk fiziolog I.N.Sechenov ko‘shgan. 20 asrda rossiyadamehnat gigiyenasi rivojlanishiga katta xissasini quyidagi olimlar kiritgan: Z.I.Izrailson, A.A.Letavet, L.K.Xolenov, K. Novroskiy, Ye.I.Sameskiy,
I.L.Ulanov va O‘zbekistonda mustaqil mehnat gigiyena fani sifatida 20 asr boshlarida shakllana boshlagan.Fanning taraqqiyoti 1920 yil Turkiston Davlat Universiteti qoshida Tibbiy fakultet (1931) tashkil etishi bilan. ToshDavTI esamehnat gigiyena kafedrasi (1935) va O‘zbekiston sanitariya va gigiyenasi instituti (1934). tashkil qilishi bilan chambarchas bog‘lik. 1922y Turkistondamehnatni muxofaza qilish bo‘yicha tuzilgan sanitar-tibbiy inspeksiyasi tashkil etilishi katta ahamiyatga ega.Mehnat gigiyenasi rivojlanishiga A.Z.Zoxidov, S.R.Dixtyar, G.N.Nazirov, S.S.Sosnovkiy,N.I.Smetanin, N.M.Demidenko, T.I.Iskandarov, V.B.Danilov, S.S.Solixo‘jayev, R.D.Simonovich va b. katta xissasini qo‘shgan. Mehnat gigiyenasi fani tuzilishi, vazifasi, uslublari ishchilar salomatligini saqlashga qaratilgan tadbirlarni ko‘rib chiqamiz. Mehnat gigiyenasining asosiy maqsadi mehnat sharoitlarini yaxshilash va ishchilar salomatligini muxofazasiga qaratilgan sanitar – gigiyenik, davolash profilaktik chora tadbirlar kompleksini yaratishdir.
Mehnat gigiyenasi asosiy vazifalari
1) optimal ish sharoiti yaratish
2)umumiy kasallangishni pasaytirish va kasib kasalliklarini oldini olish.
3)mehnat unimdorligini oshirish asos tushunchalar va izoxlar.
Asosiy tushunchalar va izoxlar.
Ish sharoiti - ishchini o‘rab turgan muxitni va ishlab chiqarish jarayoning omillari ta’sir majmui.
Ish sharoiti va mehnatni tashkil etilgani bu ishlab chiqarishdagi zararli va xavfli omillar, ish davomiyligi, dam olish davomiyligi va ularning almashinib turishi.
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida ish vaqti tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan. Ish vaqti deb, ishchining ish tartibi yoki grafigiga yoki kelishuv asosida o‘zining ish majburiyatini o‘tashi tushiniladi. Kasb kasalligi ayni shu kasb uchun spesifik xamda ishlab chiqarish muxitining yoki ish jarayonining zararli va xavfli ta’siri natijasida ortirilgan kasallik.
Mehnat sharoiti va ish jarayoni quyidagicha:
1. Ishlab chiqarish va texnologik jarayon turi (mashina qurilishi, kimyoviy sanoat qurilishi).
2. Mehnatni tashkil qilinishi (mexanizasiya darajasi, stanoqda ishlash, dam olish, mehnat).
3. Kasbli ta’luqlilik.
Ishlab chiqarishning zararli va xavfli omillari klassifikasiyasi.
(GOST.SSBT -1986 yil)
Zararli va xavfli ishlab chiqarish omillari tabiatiga ko‘ra quyidagi guruxlarga bo‘linadi:
- Fizik
- Ximik
- Biologik
- Psixofizik
Fizikaviy zararli va xavfli ishlash omillari kuyidanilarga bo‘linadi:
-Harakatlanuvchi mexanizmlar, mashinalar, ishlab chiqarish uskunalarining suriluvchi qismlari.
- Ishchi zonasining yuqori changlangani va gazlangani.
- Ishchi zonasi havosining temperaturasi yukori yoki pastligi.
- Shovkinning yuqori darajaliligi, ish joyidagi ultratovush, infratovush.
- Havo namligini oshishi yoki pasayishi.
- Barometrik bosim oshishi yoki pasayishi.
- Elektr statik maydonining darajasining oshishi.
- Elektr magnit nurlanish darajasi oshishi.
- Tabiiy yoruglik kamligi yoki yo‘qligi.
- Ish zonasining yoritilganligi, yetishmasligi.
-Ultrabinafsha, Infraqizil radiatsiya darajasining oshishi.
Ishlab chiqarishning ximik zararli va xavfli omillari quyidagicha:
1. Inson organizmiga ta’siri quyidagicha harakterli bo‘ladi:
Toksik, sensibillovchi, kanserogen,mutagen,reproduktiv faoliyatga ta’sir kiluvchi.
2. Inson organizmigakirish yo‘li bo‘yicha:
nafas organlari, oshkozon ichak yo‘li, teri koplamlari vashillik qatlamlar orqali.
Ishlab chiqarishning biologik zararli va xavfli omillari o‘z ichiga: biologik obekt, patogen mikroorganizm (riketsiya, bakteriya, virus va zamburuglar) va ularning hayot maxsulotlari kiradi.
Ishlab chiqarishning psixofizologik zararli va xavfli omillari quydagicha:
-Jismoniy zuriqish
-ruxiy zo‘riqish
Jismoniy zo‘riqish quydagicha bo‘ladi:
-statik
-dinamik
Ruxiy zo‘riqish quydagicha:
- aqliy zo‘riqish
- analizatorlar zo‘riqishi
- mehnatning monotonligi
- Emosional zo‘riqish
Gigiyenik klassifikatsiyaga muvofik menat shaoitlarini zararli va xavflilik ish jarayoni ogirligi va keskinligi ko‘rsatkichlari SanPiN №0141-03 ish sharoiti 4 sinfga
bo‘lanadi.
1 sinf – optimal ish sharoiti
2 sinf – ruxsat etilgan ish sharoiti
3 sinf–zararli ish sharoiti (gigiyenik normativ darajasi oshishi va ishchi organizmida o‘zgarishlar) yaqqoligi bo‘yicha 4 darajaga bo‘linadi.
4 sinf – o‘ta xavfli ish sharoiti
Ish uslubi va shakli.
1. Ogoxlantiruvchi Sanitariya Nazorati.
- Yangi qurilayotgan, kengaytirilayotgan va kurilgan ishlab chiqarish ob’yektlari ustidan.
- OSN ngi texnologik jarayonlarni qo‘llashda, texnika apparatura, ximiyoviy moddalar ustidan.
2. Joriy sanitariya nazorati:
- ishlab turgan ob’yektlar ustidan sanitar norma va konunlarga amal qilish nazorat usuli.
- sanitar rejali kontrol.
Ishlab chiqarish muxitiga zararli va xavfli omillarni miqdoriy baxolash.
Ishlash uslubi:
- canitar gigiyenik, laborator, fiziologik eksperimental va statistik.
Asosiy muassasalar:
O‘zbekiston Respublikasi SSV va DSENM darajasi.
Respublika, viloyat, shahar va tumanDSENM .
Ilmiy texnik taraqqiyot davri.
Ilmiy texnik taraqqiyotining ijobiy natijasi mehnat sharoitini yaxshilashga olib keladi:
- Mehnat ogirligini yengillashtirish
- Yangi ishlab chiqarish korxonalari kasb paydo bo‘lishi.
- Kompleks mexanizasiya, avtomatizasiya.
- Atrof muxit muxofazasi(suv iste’molining yopik sikli)
- Ishlab chiqarishning unumdorligi oshishi
Salbiy (natijalar) oqibatlar.
- Ish operasiyalar maydoniga.
- Yangi xavfli va zararli omillar paydo bo‘lishi va kuchayishi (ishlab chiqarish jarayonining inteksifikasiyasi)
- Eksperimental sharoitlarda ishlashning kengaytirilishi (suv ostida, balandlikda)
- MNSda zo‘riqish kuchayishi, emotsional muxit.
Profilaktik choralar
- Texnik va texnologik
- Sanitar texnik
- ish sharoitining og‘irligi va zo‘rikishning kamaytirishga qaratilgan choralar.
- Ish sharoiti ustidan sistematik kontrol
- Dastlabki va davriy tibbiy ko‘riklar o‘tkazish (Buyruk MZRO‘z № 300 )
- Ijtimoyi masalalarni yechish
- Sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot qilish va boshqalar.
Asos bo‘luvchi qonuniy hujjatlar
- O‘zR Konstitusiyasi 1992 y
- O‘zR fukorolarni sog‘ligini saqlash to‘g‘risidagi qonun 1996 y
- O‘zR ―Davlat sanitariya epidemiologiya nazorat to‘g‘risidaqonun 1992 y
- O‘zR ―Mehnatni muxofaza qilish to‘g‘risidaqonun
- O‘zR ―Kishloq xo‘jaligi maxsulotlarini zararkunandalar va kasalliklardan
saqlash to‘g‘risidagiqonun 2000y
- O‘zR ning mehnat kodeksi 1996 y
- O‘zR ning vazirlar mahkamasining №133 sonli qaroriga binoan me’yoriy aktlarni
tasdiklash va mehnat kodeksiga tadbiqqilish.
1. Mehnat gigiyenasi bo‘yicha umumdavlat qonuniy me’yoriy hujjatlar
- GM-gigiyenik me’yorlari
- SK – sanitar qoydalar.
Dostları ilə paylaş: |