Yaponiya iqtisodiyoti reja



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə5/19
tarix19.10.2022
ölçüsü0,87 Mb.
#65526
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
yaponiya iqtisodiyoti

YAponiya iqtisodiyotining tarmoq tarkibi ham rivojlangan mamlakatlar kabi postindustrial ko’rinishga ega. 2010 yilda mamlakat yalpi ichki maxsulotining 71% i xizmatlar, 29% i sanoat, 1% i qishloq xo’jaligi sohasiga to’g’ri keldi. 1980-2010 yillarda yalpi ichki maxsulotning tarmoq tarkibida qishloq xo’jaligining ulushi 4% dan 1 % gacha, sanoatning ulushi 42% dan 28% gacha qisqargani holda, xizmatlar sohasining ulushi 24% dan 71% gacha ortdi.

  • YAponiya iqtisodiyotining tarmoq tarkibi ham rivojlangan mamlakatlar kabi postindustrial ko’rinishga ega. 2010 yilda mamlakat yalpi ichki maxsulotining 71% i xizmatlar, 29% i sanoat, 1% i qishloq xo’jaligi sohasiga to’g’ri keldi. 1980-2010 yillarda yalpi ichki maxsulotning tarmoq tarkibida qishloq xo’jaligining ulushi 4% dan 1 % gacha, sanoatning ulushi 42% dan 28% gacha qisqargani holda, xizmatlar sohasining ulushi 24% dan 71% gacha ortdi.

Real sektor. YAponiya qishloq xo’jaligi mehnat unumdorligi bo’yicha boshqa tarmoqlardan ortda qoldi. Oxirgi yillarda mamlakatning o’zini o’zi oziq-ovqat bilan ta’minlash koeffitsienti (40% dan past) pasayib, oziq-ovqat importining ulushi ortib bormoqda. YApon hukumati qishloq xo’jalik maxsulotlarini ishlab chiqarishni ko’paytirish va o’zini o’zi oziq-ovqat bilan ta’minlashni yaqin istiqbolda 45% ga oshirish chora-tadbirlaridan iborat maxsus dasturlar ishlab chiqdi.

  • Real sektor. YAponiya qishloq xo’jaligi mehnat unumdorligi bo’yicha boshqa tarmoqlardan ortda qoldi. Oxirgi yillarda mamlakatning o’zini o’zi oziq-ovqat bilan ta’minlash koeffitsienti (40% dan past) pasayib, oziq-ovqat importining ulushi ortib bormoqda. YApon hukumati qishloq xo’jalik maxsulotlarini ishlab chiqarishni ko’paytirish va o’zini o’zi oziq-ovqat bilan ta’minlashni yaqin istiqbolda 45% ga oshirish chora-tadbirlaridan iborat maxsus dasturlar ishlab chiqdi.

YAponiyaning hududiy joylashuvi dengiz bilan bog’liq tarmoqlarning rivojlanishi va aholining oziq-ovqat iste’molida dengiz maxsulotlarining yetakchi mavqega egaligini ta’minlagan. YAponiya dengiz maxsulot­larini iste’mol qilish bo’yicha dunyoda ikkinchi o’rinni egallaydi.
YAponiya sanoati dunyo sanoat maxsulotlarining taxminan 12 foizini beradi va asosan qayta ishlash sanoati maxsulotlaridan iborat. Mamlakat qayta ishlash sanoatida material va energiya sig’imkorligi yuqori tarmoqlardan ilm-fan sig’imkorligi yuqori tarmoqlarga o’tishi jarayoni ro’y bermoqda. YAponiya hozirga qadar katta miqdorda po’lat va prokat, kemalar, matolar ishlab chiqarsa-da, elektron sanoat, avomobilsozlik, sanoat asbob-uskunalarini ishlab chiqarish, kimyo sanoati tarmoqlari yuqori raqobatbardoshlikka ega.
YAponiya rivojlangan transport tizimiga ega va u muntazam ilmiy-texnik yutuqlar asosida takomillashtirilib boriladi. Avtomobil transporta yulovchi va yuk tashishda yetakchilik qiladi. Misol uchun 2003 yilda mamlakatda 77,6 mln. avtotransport vositalari ro’yxatga olingan va uning 69% i yengil avtomobillarga to’g’ri keladi.
YAponiyaning pul-kredit tizimi YAponiya Banki (mamlakatning markaziy banki), shahar (3 mingta) va hududiy (12 mingta) filiallarga ega o’ndan ortiq banklardan - tijorat banklari, trast-banklar, uzoq muddatli kreditlar beruvchi banklar (0,5 mingta filial) va 25 mingta pochta-jamg’arma kassalaridan iborat.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin