Yaponiya pul tizimi reja


Oʻzbekiston — Yaponiya munosabatlari



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə19/22
tarix21.09.2022
ölçüsü0,91 Mb.
#63886
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
yaponiya pul tizimi ELMURODOV M

Oʻzbekiston — Yaponiya munosabatlari

Oʻzbekiston — Yaponiya munosabatlari

  • Ikki davlatning oʻzaro munosabatlari tarixi qadimiy asrlarga borib taqaladi. Buyuk ipak yoʻli orqali oʻzbek va yapon xalqlari oʻrtasida savdoiqtisodiy va madaniy aloqalar boʻlganligi i.t.larda ham oʻz tasdigʻini topmoqda. Olimlarning tadqiqoti va oʻzbekyapon arxeologik ekspeditsiyalari natijasiga koʻra, Oʻzbekiston hududida mavjud boʻlgan Kushon podsholigining asosiy dinlaridan biri boʻlgan buddizm Oʻrta Osiyo xalqlari milliy qadriyatlari va anʼanalari bilan boyigan holda 6-asrda Xitoy va Koreya orqali Yaponiya orollarida tarqalgan. Oʻzbekistonda topilgan qadimiy budda ibodatxonalarining hoz. Yaponiyadagi ibodatxonalar bilan mushtarakligi namoyon boʻlmoqda.
  • Yaponiyaning birinchi poytaxti Nara shahridagi Xoruji ibodatxonasi xazinaxonasida 8-asrda Samarqand va Toshkentda tayyorlangan osoriatiqalar, 9—10-asrlarga oid ud musiqa asbobi saqlanmoqda. Afrosiyobdagi arxeologik qazilmalar vaqtida topilgan va 12-asrga mansub nafis yapon chinni idishi ham oʻzbek va yapon xalqlari oʻrtasida aloqalar boʻlganini koʻrsatadi. Yaponiya 19-asrning 2-yarmidan Oʻrta Osiyo regioni bilan jiddiy qiziqa boshlagan. 1880 yilning yozida yapon diplomati Nisi Tokujiro (keyinchalik u tashqi ishlar vaziri boʻlgan) oʻlkamiz boʻylab sayohat qilgan. U Toshkent, Samarqand, Buxoro shahrilari va Fargʻona vodiysida boʻlgan. Buxoroda amir Muzaffar bilan uchrashgan. Bu hodisa yaponlarning musulmon oʻlkalari bilan dastlabki rasmiy aloqalaridan biri edi. 1886 yilda Nisi Tokudzironing "Turkiston sayohatnomasi" kitobi yapon tilida bosilib chiqqan. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Oʻrta Osiyoga Yasumashi Fukushima, Kazuo Otani, Masaji Inoue, Zuicho Toshibana kabi yapon tadqiqotchilari sayohat qilgan.

Oʻzbekiston Milliy un-tining Ilmiy kutubxonasida 1927—41 yillarda Yaponiyada chop etilgan kitob va jur.larning katta fondi mavjud. 1930-y.larda Oʻzbekiston bilan Yaponiya oʻrtasida pillachilik va tutchilik sohasida hamkorlik oʻrnatilgach, Yaponiyaga borgan bir guruh oʻzbekistonlik mutaxassislar tomonidan bu sohadagi ilgʻor yapon tajribasi atroflicha oʻrganilgan va respublikada joriy qilingan. Yaponiyadan oʻnlab madaniylashtirilgan serbargli tut navlari va mahsuldor pilla qurtining urugʻlari keltirilib mahalliy sharoitlarga moslashtirilgan. Bundan tashqari, ipakchilik sanoati ehtiyojlari uchun yapon mashina va uskunalari xarid qilingan. 1929 yil Oʻrta Osiyo un-ti prof. E.F.Poyarkov Yaponiyada pillachilar anjumanida maʼruza qilgan.

  • Oʻzbekiston Milliy un-tining Ilmiy kutubxonasida 1927—41 yillarda Yaponiyada chop etilgan kitob va jur.larning katta fondi mavjud. 1930-y.larda Oʻzbekiston bilan Yaponiya oʻrtasida pillachilik va tutchilik sohasida hamkorlik oʻrnatilgach, Yaponiyaga borgan bir guruh oʻzbekistonlik mutaxassislar tomonidan bu sohadagi ilgʻor yapon tajribasi atroflicha oʻrganilgan va respublikada joriy qilingan. Yaponiyadan oʻnlab madaniylashtirilgan serbargli tut navlari va mahsuldor pilla qurtining urugʻlari keltirilib mahalliy sharoitlarga moslashtirilgan. Bundan tashqari, ipakchilik sanoati ehtiyojlari uchun yapon mashina va uskunalari xarid qilingan. 1929 yil Oʻrta Osiyo un-ti prof. E.F.Poyarkov Yaponiyada pillachilar anjumanida maʼruza qilgan.

Maʼlumotlarga koʻra, 1920-y.larda Yaponiyaga borib qolgan Volgaboʻyi tatarlari orasida oʻzbeklar ham boʻlgan. Ular Tokio shahrida masjid qurilishi va islom dinini yoyilishida oʻz hissalarini qoʻshishgan. 1945 yildagi sovetyapon urushi natijasida asir olingan 24 mingga yaqin yapon 1945—50 yillarda Oʻzbekistonning Andijon, Buxoro, Toshkent va Fargʻona viloyatlarida ushlab turildi. Ular koʻplab sanoat korxonalari, q.x., qurilish va boshqalar sohalarda mehnat qildilar. Jumladan, Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi akademik katta teatr binosi qurilishida 600 ga yaqin yapon ishtirok etgan. Oʻzbekistonda vafot etgan 812 yapon fuqarosi respublikamiz hududidagi 13 qabristonda dafn etilgan. 1990 yil may oyida Toshkentning Yakkasaroy qabristonida 2-jahon urushi (1939—45)dan keyin Toshkentda vafot etgan 79 ta yapon harbiy asiri xotirasiga memorial oʻrnatildi.
1960—80 yillarda Yaponiya Oʻzbekistondan paxta tolasi, chigit, shirinmiya ildizi, asal, ipak va boshqalar mahsulotlar xarid qilgan. 1970-y.lar boshidan Yaponiya yiliga 190 mln. AQSH dollari hajmida paxta tolasi sotib olgan. Xususan, Sumitomo kompaniyasi 1971—93 yillar 547,3 mln. AQSH dollariga paxta tolasi xarid qilgan. Shu yillar Yaponiyaning qator kompaniyalari Oʻzbekistonning yengil, kimyo va neft sanoatini modernizatsiya qilishga jalb etildi. Fargʻona va Chirchiq shahrilarida ammiak ishlab chiqarish uchun yapon texnologiyalari oʻrnatildi. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Margʻilon, Namangan, Shahrisabz va Urganchdagi ipakchilik fkalarida Yamato firmasining pilla quritish mashinalari qoʻllandi. 1989 yil Oʻzbekistonda xorijiy firmalar orasida birinchi boʻlib Yaponiyaning "Chori" kompaniyasi oʻz vakolatxonasini ochdi.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin