Yarimo'tkazgichdiodlarning VAXi tahlilidan unin g asosiy parametrlarini aniqlash mumkin. Bunda p-n o'tish orqali o'tayotgan tokning dioddagi kuchlanishga bog'liqligi Ebers-Moll tenglamasi bilan aniqlanishini e’tiborga olish kerak:
I = I0 (exp(U/Aφt)-1);
bu yerda: I0 — diodning to‘yinish toki, φt = q/kT — issiqlik potensiali,
A — p-n o‘tishdan o‘tayotgan tok mexanizmini aniqlashtiruvchi parametr bo‘lib, u VAXi idealligi parametri deb ham yuritiladi. A=1 bo‘lganda tok o‘tishining injeksiya, A= 2 bo’lganda rekombinatsiya mexanizmlari ishlaydi.
Differensial qarshilikni hisoblash
Yarimo'tkazgich materiallar uchun T = 300k da issiqlik potensiali qiymati (pT = 26 mV ni tashkil etgani sababli, p-n o'tishdagi kuchlanish qiymati U = 0,1 V ni tashkil etganda ( U >(pT ), (3.1) formulaning soddalashgan ko'rinishidan
I = I0 (exp(U/Aφt))
dan foydalanish mumkin.
Diod xususiyatlarini belgilovchi muhim parametr bo'lib p-n o'tishning differensial qarshiligi hisoblanadi. U dioddagi kuchlanish o'zgarishlarini dioddan o'tayotgan tok o'zgarishlariga nisbati bilan aniqlanadi:
Rdif=dU/dI
Ushbu kikkita formuladan foydalanib differensial qarshilikni hisoblashimiz mumkin.
Dioddagi tok:
p-n o'tish orqali katta tok o'tganda (ushbu tokning qiymati, diod turiga bog'liq holda milliamperlardan bir necha o 'n milliamperlargacha bo'lishi m u m k in ) yarim o'tkazgich hajmiy qarshiligi R hisobiga kuchlanish pasayishi sodir bo'ladi. Shu sababli Ebers-M oll tenglamasi quyidagicha yozilishi kerak:
I = I0 ехр [ ( U – IR ) / AφT ]
bu yerda: R —yarimo'tkazgich hajmiy qarshiligi, u ketma-ket qarshilik deb ham ataladi.
Yarim o’tkazgichlar:
Yarimo'tkazgich diodlarning elektr sxemalarda shartli belgilanishi a-rasmda, uning tuzilmasi ko'rinishi b-rasm da keltirilgan. Rasmlarda diodning chiqishlari A va К ko'rsatilgan bo'lib, ular diodning elektrodlari deb ataladi. Diodning p-tomoniga ulangan elektrod anod deb, -tomoniga ulangani esa katod deb ataladi. Diodning statik VAXi d-rasmda keltirilgan.