Yorug’lik oqimining turli qiymatlarida fotodiod VAXi ning o’zgarishi:
Optronlar:
Optoelektron juftlik, yoki optojuftlik konstruksiyasi jihatdan optik muhit orqali o ‘zaro bog'langan nurlatgich va foto qabul qilgichdan tashkil topgan bo'ladi.
Kiruvchi elektr signal ta’sirida nurlanuvchi diod yorug'lik to'lqin larini generatsiyalaydi, fotoqabulqilgich esa (fotodiod, fotorezistor, fototranzistor va boshqalar) yorug'lik ta’sirida fototok generatsiyalaydi.
Nurlanuvchi diod va fotodioddan (a), fototranzistordan (b), fototiristordan (d), fotorezistordan (e) tashkil topgan optojuftliklarning sxemada shartli belgilanishi quyidagi rasmda keltirilgan.