YEM- XASHAK EKINLARI. BEDA O’SIMLIGINING MORFOLOGIK TUZILISHI
Bedaning xalq xo’jaligidagi ahamiyati. Beda O’zbekistonning va Markaziy Osiyoning sug’oriladigan yerlirida ko’p ekiladigan ko’p yillik serhosil dukkakli yem-xashak o’simliklardan biridir. Bedadan xilma-xil oziqlar tayyorlash mumkin. Bu oziqlar to’yimliligi bilan ajralib turadi. Masalan, V.Dalakyan va SH.Rahmanovalarning ma’lumoti bo’yicha (1986), bedaning shonalash davrida bir kilogramm ko’kati tarkibida 0,20 oziq birligi va 30 g hazm bo’ladigan oqsil, 1 kg pichanida 0,47 oziq birligi va 90 g oqsil mavjud. Bedaning tarkibida kaltsiy, fosfor, oson hazm bo’ladigan oqsil, hayvonlar hayoti uchun zarur bo’lgan vitaminlar mavjud. Bedaning ko’kati sersuv mollar tez o’sadi, suyagi baquvvat bo’ladi.
Beda agrotexnika ahamiyatiga ham ega. Bedadan bo’shagan yerlar boshqa o’simliklar uchun eng yaxshi o’tmishdosh bo’ladi, chunki ko’p yillik beda 1 ga yerda 250-340 kg azot to’playdi, 150-184 ts ildiz qoldiqlari yig’iladi. Tuproq tarkibida 1,58% gacha chirindi ko’payadi.
Beda meliorativ o’simlik hamdir, chunki beda ekilgan yerlarda tuzlarning miqdori kamayadi, bu beda qalin ekib tuproq yuzasidan bug’lanish ancha kamayishiga, tuzning bir qismi hosil bilan ketishiga, beda seg’orilganda tuzlarning yuvilishiga va bedaning ildiz chuqur qatlamlariga suvdan foydalanganligi tufayli sizot suvlar yuqoriga ko’tarilmasligiga bog’liqdir.
Paxtachilik ilmiy tadqiqot instituti ma’lumoti bo’yicha, bedadan bo’shagan yerlarga g’o’za ekilsa, vilt kasalligi bilan kam kasallanadi. Sug’oriladigan madaniy yaylovlar barpo etishda ham bedaning ahamiyati kattadir, chunki beda har xil o’t aralashmalarga, albatta, qo’shiladi.
Bedaning hosildorligi tuproq-iqlim sharoitiga, yetishtirish texnologiyasiga, navning biologiyasiga bog’liqdir. Birinchi yil bedadan o’rtacha 20-40 ts pichan olinadi, 2-3 yillik bedadan 80-120 ts pichan olinadi. Ilg’or texnologiyao’llansa, 150-200 ts pichan ntishtirish mumkin. Uch yil mobaynida mahalliy Xorazm bedasi bo’yicha 549,1 ts, Vaxsh-233-645,1, Toshkent-721-607,4, Uzgen-631-6 ts, Toshkent-3t92-637,4 tspichan olingan. Lalmi yerlarda bedaning hosildorligi suv
bilan ta’minlanishiga bog’liq. Tog’li zonada bedadan 50-60 ts, tekislik-tepalik zonasida 12-18 ts pichan yetishtirish mumkin.
Beda urug’ining hosili selektsion navlarida 4-6 ts.Ishlab chiqarish sharoitida urug’ hosili kam, o’rtacha 0,8-1,5 ts.