Yem- xashak ekinlari. Beda o’simligining morfologik tuzilishi



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə4/5
tarix25.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#195758
1   2   3   4   5
YEM- XASHAK EKINLARI. BEDA O’SIMLIGINING MORFOLOGIK TUZILISHI

Xmelsimon beda. Bu beda 1-2 yillik, poyasi yotib o’sadi, gulto’plami kalta, gullari sariq rangli, dukkagi kalta, buyraksimon, ko’pincha bitta urug’ bo’ladi, urug’i sariq rangli. Bedaning bu turi keng tarqalmagan, ko’pincha tog’li zonada ko’p uchraydi. Hosili kam bo’lganligi uchun kam ekiladi. Undan yaylov o’simligi sifatida foydalanish afzaldir.(16-rasm).
Bedaning biologiyasi Issiqlikka bo’lgan talabi. Urug’i 1-3° unib chiqadi, o’rtacha harorat 18-20°. Harorat 30° oshsa urug’ning unib chiqishiga noqulay sharoit vujudga keladi. Maysasi-6° sovuqqa chidaydi. qishda qor qalin bo’lsa beda-40° sovuqqa chidaydi, o’rtacha qishlab chiqadi.Bedaning poyalari yoyilib o’sadigan turlari sovuqqa chidamliroq bo’ladi. Bedaning qishlab chiqishi va sovuqqai chidamliligi ko’pincha yetishtirish sharoitiga bog’liq.Ekish muddati oxirgi o’rimni o’rish vaqtiga bog’liqdir.Bahorda beda 5-7° da o’sa boshlaydi, qayta o’sishdan gullash davrigacha bedp taxminan 800° faol harorat talab qiladi.
Namlikka bo’lgan talabi. Beda namsevar o’simlik urug’ini bo’rtishi uchun 100-120% suv sarflaydi, tuproqning namligi dala nam sig’imiga nisbatan 70-75% bo’lishi kerak. Bir gramm quruq modda hosil qilish uchun beda 700-800 g. suv sarflaydi. O’rtacha bedaning transpiratsiya koeffitsiyenti 700-900 birlikka teng.
Ildiz yaxshi rivojlanganligi uchun beda tuproqning chuqur qatlamidagi suvni o’zlashtira oladi, kunning issiq paytlarida bir qism barglarini to’kadi, o’sishdan to’xtaydi, biroq yog’ingarchilik boshlanganda yoki sug’orilganda o’sish yana davom etadi. SHuning uchun beda lalmi yerlarda ham ekiladi.
YOrug’likka talabi. Beda yorug’sevar uzun kun o’simligi, yorug’lik davri 16-17 soat davom etganda yaxshi rivojlanadi. Beda qoplovchi o’simliklar bilan ekilsa, sekin o’sadi va sust rivojlanadi.
Oziqqa talabi. Beda tuproqdan ko’p oziq o’zlashtiradi, chunki u serhosil o’simlikldir. Bir tonna pichan yetishtirish uchun beda 6 kg fosfor, 17-20 kg kaliy va ancha kaltsiy o’elashtiradi. Gubaydullin va Senikeyev ma’lumotlari bo’ycha beda 50 ts pichan yetishtirish uchn 130 kg azot, 33 kg kaliy va 135 kg kaltsiy o’zlashtiradi (1982).

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin