Yem- xashak ekinlari. Beda o’simligining morfologik tuzilishi



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə5/5
tarix25.12.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#195758
1   2   3   4   5
YEM- XASHAK EKINLARI. BEDA O’SIMLIGINING MORFOLOGIK TUZILISHI

Tuproqqa bo’lgan talabi. Beda unumdor, g’ovak, madaniylashtirilgan sho’rlanmagan, botqoqlanmagan va suvlari chuqur joylashgan tuproqlarda yaxshi o’sadi. Tuproq reaktsiyasi rN 6,5-7 bo’lganda beda yaxshi o’sadi, rN 5 bo’lsa ildizda tuganaklar rivojlanmaydi, rN 8 va undan ortiq bo’lsa, tuproqni, albatta yuvish kerak bo’ladi. Bedani o’sish va rivojlanish davriga qarab sho’rga chidamliligi o’zgaradi: maysalanish davri 0,2%, shonalash davrida 0,6%, birinchi o’rimdan keyin 0,66 dan ortiq tuzlarga bardrsh bera oladi. Beda ekilgan joyga 5-6 yildan keyin ekiladi.
Bedaning o’sishi va rivojlanishi. Qulay sharoitda urug’ ekilgandan 5-6 kundan keyin unib chiqadi. Maysasi ikkita urug’ bargi shaklida yer yuzida ko’rinadi. Maysalari juda mayda bo’lib, qatqaloqqa duchor bo’lsa nobud bo’ladi. Maysalar ko’ringandan 3-4 kun o’tgach, birinchi oddiy chinbargi rivojlanadi. So’ngra 12-15 kun o’tgach birinchi oddiy chinbargi rivojlanadi. Navbatdagi barglar har 4-5 kunda paydo bo’laveradi. O’simlikda 15-20 ta chinbarg rivojlanganda shonalash davri boshlanadi, bu maysalanishdan 40-60 kun o’tgandan keyin kuzatiladi. SHonalash 10-20 kun o’tgach, gullash davri boshlanadi.. beda pastdan yuqoriga, markazdan atrofga qarab gullaydi. Bahorda ekilgan beda 90-100 kunda gullaydi, 140 kunda to’la yetiladi.
Beda bahori o’simlik, ekilgan yili 2-4 o’rim beradi, 2-3 yilgi beda 5-7 o’rim beradi, 2-o’rimdan urug’ beradi. Ikkinchi uchinchi yilgi beda birinchi o’rimini 60-70 kunda, ikkinchi o’rimini 40-50kun, yozgi o’rimlari 28-35 kunda, kuzgi o’rimlari 35-45 kunda yetiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

  1. Y oʻ l d o sh ye v X. S., Oʻzbekistonda beda oʻstirish, T., 1969; Tursunxoʻjayev 3., Sorokin M., Gʻoʻza-beda almashlab ekish va ularning samaradorligini oshirish yullari, T., 1978.




  1. Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin