Uzoqlashtirilgan startda
start chizig‘idan birinchi tirgakkacha
bo‘l gan masofa 2 dan 3 oyoq kaftigacha, birinchi tigakdan ikkinchi-
sigacha 1,5 dan 2 oyoq kaftigacha uzaytirilgan.
Yaqinlashtirilgan startda
start chizig‘idan birinchi tirgak kacha
1,5 kaft, birinchi tirgakdan ikkinchisigacha bo‘lgan masofa – 1 oyoq
kaftiga teng.
Tor startda
start chizig‘idan birinchi tirgakkacha bo‘lgan
masofa o‘zgarmaydi, birinchi tigakdan ikkinchisigacha bo‘lgan masofa
o‘zgaradi – 0,5 oyoq kaftidan boshlab to undan kamroq masofagacha.
Aytib o‘tganimizdek, startni qo‘llash har bir sportchining indi-
vi
dual imkoniyatlariga, birinchi navbatda, oyoqlar mushaklariga
va sportchining signalga nisbatan reaksiyasiga bog‘liq. Uzunasiga
o‘q bo‘ylab tirgaklar o‘qlari o‘rtasidagi masofa 15 dan 25 sm gacha
o‘rnatiladi. Start tirgaklari burilishda joylashishi 5-rasmda ko‘rsatilgan.
5-rasm.
Start tirgaklari burilishda joylashishi
-Startga buyrug‘i bilan sportchi oyoq kaftini tirgakka tiraydi,
qo‘llarini start chizig‘iga qo‘yadi, orqada turgan oyoq tizzasini yerga
qo‘yadi, ya’ni beshta tayanchli holatni egallaydi. Bosh gavdaning
vertikal holatini davom ettiradi, orqa tekis yoki biroz egikroq, tirsak
bo‘g‘imlaridan tekislangan qo‘llar yelkadan sal kengroq yoki ikki
yelka kengligi atrofida joylashadi. Nigoh start chizig‘idan 1 m nariga
qaratiladi. Qo‘l panjalari bosh va ko‘rsatkich barmoqlariga tayanadi,
panja start chizig‘iga parallel turadi. Oyoq kaftlari tirgakning yuziga
shunday tayanib turadiki, tikanli oyoq kiyimining uchi yo‘lka ustiga
tegib turishi lozim (6,a-rasm).
90
- Diqqat buyrug‘I bilan yuguruvchi tosni ko‘tarib, orqada turgan
oyoq tizzasini tayanchdan oladi. Odatda, tosni ko‘tarish balandligi elka
sathidan 7-15 sm ga yuqoriroq turadi. Yelka birmuncha oldinga, start
chizig‘idan nariga chiqariladi. Yuguruvchi qo‘llariga va tirgaklarga
tayanadi. Sportchi startga beriladigan buyruqni kutayotib, tirgakni
kuch bilan bosib turishi juda muhim (6, b-rasm).
6-rasm.
Yuguruvchining buyruqlar bo‘yicha holatlari:
a – Start! b –Diqqat!
Bu holatda oyoqlarning tizza bo‘g‘imidan bukilish burchagi katta
ahamiyatga ega. Oldindagi tirgakka tayanib turuvchi oyoqning soni
va boldiri o‘rtasidagi burchak 92-105
o
ga orqada turgan oyoqning
115-138
o
ga teng. Gavda va oldinda turgan oyoqning soni o‘rtasidagi
burchak 19-23
o
ga teng. Bunday burchaklar qiymatlaridan past startga
o‘rgatishda, jumladan, startga shay turish holatini shakllantirishda
foydalanish mumkin. Buning uchun transportyor yoki yog‘ochli
reykalardan tayyorlangan burchak modellarini qo‘llash mumkin.
Yuguruvchi startga shay turish holatida ortiqcha zo‘riqmasligi va
uning harakatlari qisinib qolmasligi lozim. Lekin ayni vaqtda u
qisilgan prujinaga o‘xshash holatda turishi kerak. Buyruq berilish
bilan harakatni boshlashi, startdan chiqishi kerak. Boz ustiga –Diqqat!
va –Marsh» buyruqlari o‘rtasidagi vaqt oralig‘i musobaqa qoidalarida
belgilab berilmagan va start beruvchiga bog‘liq. Startga berilgan
signalni (o‘q tovushi, ovozli buyruq) eshitgan zahoti, yuguruvchi bir
zumda oldinga harakatlanishni boshlaydi. Bunda u qo‘llarida yo‘lkadan
va bir vaqtning o‘zida orqada turgan oyog‘i bilan orqadagi tirgakdan
itariladi. Keyin orqada turgan oyoqda oldinga qadam tashlash bilan
91
bir vaqtda oldinda turgan oyoq tirgakdan itarlishini boshlaydi, uning
hamma bo‘g‘imlari keskin yoziladi (7-rasm).
Dostları ilə paylaş: |