Yengil atletika va uni



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/327
tarix03.12.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#171925
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   327
admin, Енгил атлетика дарслик

Marraga yetib kelish
. Masofa oxirigacha maksimal tezlikni saqlab 
bo‘lmaydi. Marragacha taxminan 20-15 m qolganda tezlik odatda 
3-8% ga kamayadi. Marraga yetib kelishning asl mohiyati shundan 
iboratki, masofa oxirigacha maksimal tezlikni saqlab qolishga va uni 
salbiy omillarning ta’sirini kamaytirishga harakat qilish zarur.
Toliqish boshlanishi bilan itarilishda ishtirok etuvchi mushaklar 
kuchi kamayadi, yugurish qadami uzunligi kichrayadi, demak, tez-
lik tushib ketadi.Tezlikni saqlab qolish uchun yugurish qadamlari 
tez ligini oshirish zarur, buni esa, yuqorida aytib o‘tganimizdek, qo‘l 
hara katlari hisobiga amalga oshirish mumkin. Masofada yugurish 
yugu ruvchi marra to‘siniga, ya’ni marra chizig‘i orqali o‘tuvchi xayo-
liy vertikal tekislikka tegishi bilan tugallanadi.Unga tezroq tegish 
uchun yuguruvchilar oxirgi qadamda qo‘llarni orqaga chiqargan holda 
gav dani tez oldinga egiltiradilar. Bunday usul – ko‘krak bilan “otilish” 
deb ataladi (8-rasm).
8-rasm. 
Marraga tashlanish (a) va marraga tashlanish tuzilmasi (b)
Boshqacha usul ham qo‘llaniladi: yuguruvchi oldinga egilgan holda 
bir vaqtning o‘zida marra lentasiga yon tomoni bilan burilib, elkasini 


96
unga tegizadi. Bu ikkita usul deyarli bir xil. Ular yugurish tezligini 
oshirmaydi, balki yuguruvchining lentaga tegishini tezlashtiradi. Bu 
bir nechta yuguruvchilar birga marraga etib kelganlarida juda muhim 
va g‘alabani faqat shunday harakat bilan qo‘lga kiritish mumkin. 
Fotofinish marraga etib kelishda yuqori texnikaga ega yuguruvchini 
aniqlab beradi. Marraga etib kelish texnikasini hali o‘zlashtirib 
olmagan yuguruvchilar uchun marra chizig‘ini to‘liq tezlik bilan, 
lentaga tashlanishni (otilishni) o‘ylamasdan kesib o‘tish tavsiya 
qilinadi. Sprinterlik yugurish – bu maksimal tezlik bilan yugurishdir.
Yuguruvchining vazifasi – mumkin qadar tezroq shu tezlikni olish 
va imkon qadar uni uzoqroq saqlab qolishdir. Sprinterlik yugurishda 
tezlik shakllanishining fiziologik asoslanishi mavjud. Har xil malakaga 
ega va turli yoshdagi yuguruvchilar yugurishning 1-sekundida o‘zi-
ning maksimum tezligiga nisbatan 55% ga, 2-sekundda – 76% ga, 
3-sekundda – 91% ga, 4-da – 95% ga, 5-sekundda – 99% ga, 6-se-
kund da – 100% ga erishadilar. Keyin 8-sekundgacha tezlikni saqlab 
qolish amalga oshiriladi, bu saqlab qolishning davom etishi endi 
yugu ruvchining malakasiga bog‘liq bo‘ladi. 8-sekunddan keyin tezlik 
mu qarrar pasayib boradi. 

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin