97
5. Maxsus mashqlarni ko‘rsatish va tasavvur hosil qilish. Uslubiy
ko‘rsatmalar. Yugurish mashqlarini o‘rgatishda shug‘ullanuvchilarga
bajarib ko‘rishga imkoniyat yaratish zarur.
2 – vazifa:
Shug‘ullanuvchilarda yugurish texnikasi to‘g‘risida
to‘g‘ ri tushuncha hosil qildirish.
Vositalari:
1. Yugurish masofalari to‘g‘risida so‘zlab berish.
2. Yugurish
texnikasi asosi, elementlari to‘g‘risida so‘zlab berish.
3. Yugurish texnikasini ko‘rsatish.
4. Yugurishning taraqqiyot yo‘li to‘g‘risida gapirib berish.
5. Kuchli yuguruvchilar va rekordlar to‘g‘risida suhbatlashish.
6. Shug‘ullanuvchilarni razryad normalari bilan tanishtirish.
Uslubiy ko‘rsatmalar. Oyoq chiziqqa parallel ravishda qo‘yiladi. Sonni
chaqqon ko‘tarilishiga diqqatni qaratish (tizza oldinga-yuqoriga).
3 – vazifa:
To‘g‘ri masofada yugurish texnikasiga o‘rgatish.
Vositalari:
1. Ko‘rsatish va tushuntirish.
2. Tezlanish bilan 50-80 m yugurish.
3. Sonni yuqori ko‘tarib yugurish va oyoqni «eshkak eshgandek»
yo‘lakka qo‘yish.
4. Sonni orqaga olib yugurish va boldirni siltab yugurish.
5. Sakrash qadamlari bilan yugurish – depsinayotgan oyoq to‘g‘ri-
lanadi, siltanayotgan oyoq
tizzadan buklanib, oldinga va yuqoriga
qarab faol harakatlantiriladi.
6. Sonni yuqoriga ko‘tarib yugurish
va boldirni orqaga siltab
(«Koleso») yugurish.
7. Qo‘llar harakati (joyda yugurgandek) d.h. asosiy. Tirsakdan
buklangan qo‘llar bilan yugurishdagidek harakat qilish.
8. Predmetdan oshib yugurish (to‘plar, skameykalar va h.k.).
9. Masofani yaqin uzoqligiga qarab, sonni balandga ko‘tarilishi,
qadamlarni uzunligi va chastotasi o‘zgartiriladi.
10. Depsinishni siltab yugurish: bunda son, boldir, oyoq to‘g‘ ri
chiziq hosil qiladi. 50-60
m tezlanish bilan yugurish, bunda baja ra-
yotgan mashq
texnika elementlarini, «Koleso» va sonni yuqori ko‘ta-
rib yugurish.