254
Vositalari:
1. 2-6 qadam tezlanishdan keyin yerdan depsinib sakrash.
2. 2-6 qadam tezlanishdan keyin depsinish joyi (yog‘och) yoki
ma’lum chegaradan depsinib sakrash.
3-vazifa.
Sakrashda depsinish va uchishda qadam qilish texnikasiga
o‘rgatish.
Vositalari:
1. D.h. – depsinayotgan oyoq oldinda, siltanadigani orqada. Depsi-
nishni oxirida tosni oldinga chiqarib, siltanadigan oyoq tizzasini ko‘ta-
rish harakatini taqlid qilish.
2. D.h. – siltanadigan oyoq oldinda, depsinadigani orqada. Oyoqni
erga qo‘yish uchun
eshkaksimon harakat qilib, depsinadigan oyoq va
tosni oldinga chiqarib, siltanadigan oyoq tizzasini ko‘tarish.
3. D.h. – siltanadigan oyoq oldinda. Yuqoridagini o‘zi, lekin ikki
qadam yurish bilan.
4. D.h. –
yuqoridagidek depsinish, ikkinchi, to‘rtinchi qadamlarda
bo‘lib, erga siltanadigan oyoqda tushib yugurib ketish.
5. D.h – yuqoridagidek, 2-4 yugurish qadami bilan matlar to‘pla-
miga sakrash, siltanadigan oyoq bilan tushish.
6. D.h. – yuqoridagidek, 4-6 yugurish
qadami bilan gimnastik de-
vor ga sakrab siltanadigan oyoq bilan uni yog‘ochiga tushish.
7. D.h. – yuqoridagidek. 4-6 yugurish qadamidan keyingi qadamda,
to‘siq dan uzunasiga sakrash.
8. D.h. – shuning o‘zi. 4-6 yugurish qadamidan (8-12 oddiy qadam)
keyingi qadamda uzunlikka sakrab yamaga shest bilan siltanish, oyo-
g‘i ga tushib yugurib ketish.
9. D.h – yuqoridagidek. 6-8 yugurish qadamidan uzunlikka sak-
rash dan keyin 1 hisobiga «qadamga» chiqish, 2
hisobida tosni oldinga
chi qarib, siltash oyog‘ini songa ozroq tushirish, 3 hisobida depsinish
oyo g‘ini, siltash oyog‘iga tortib ikki oyoqlab erga tushish.
10. D.h. – asosiy holda turib, 20-40
kg shtanga elkada, 2-11 qadam
yurgandan keyin, depsinadigan oyoqni tayanch maydonchasiga qo‘yish
(balandligi 20-30 sm) va siltanadigan oyoqni rostlab, siltanadigan
oyoqni ko‘tarish.
255
11. D.h. – gimnastika devorida turib oyoqlar elka kengligida, 20-
40 kg shtanga elkada, oldinga yura turib, tayanch oyoqni rostlash,
shu vaqtni o‘zidagi harakatda siltanadigan oyoq gimnastik devorda
(skameykadan devorgacha 200-280 sm).
12. D.h – depsinadigan oyoq oldinda, siltanadigan orqada. 2-4 yugu-
rish qadamidan keyin, sakrab osilgan narsaga ko‘proq, siltanadigan
oyoqni tizzasini, boshni tekkizish.
Dostları ilə paylaş: