248
tayanchga qo‘ygan paytdan boshlab to vertikal paytigacha) sekundning
birinchi ulushlarida tayanch reaksiyasi kuchi keskin oshadi,
keyin
uning tez kamayishi sodir bo‘ladi. Bu kuchlar ta’sirida tizza va tos-
son bo‘g‘imlarida bukilish yuzaga keladi. Vertikal paytdan boshlab,
qadam tashlaydigan oyoq oldinga-yuqoriga faol chiqarilgan mahal bu
bo‘g‘imlarni yozish bajariladi. Vertikal paytiga qadar mushaklar ishi
va qadam tashlaydigan oyoq hamda qo‘llarning inersiya
xususiyatlari
hisobiga tayanchning reaksiya kuchlari bir oz ortadi. Tizza va tos-
son bo‘g‘imlarining o‘zilishida qatnashuvchi mushaklar ishi vertikal
holatini o‘tib bo‘lgunga qadar boshlanadi, ya’ni bo‘g‘imlarning
bukilishi hali tugamagan, o‘zuvchi mushaklar esa mushak tarkibla-
rining cho‘ziluvchan kuchidan samarali foydalangan holda o‘z
ishini
faol boshlab yuboradi.
Qadam tashlaydigan oyoq va qo‘lning oldinga harakatlari bu a’zo-
lar og‘irligining harakat miqdorini sakrovchining butun tanasiga
berishga yordam qiladi. Depsinish oyoq kafti tayanchdan uzilgan
paytda yakunlanadi, bunda tayanchning reaksiya kuchi juda ham
kichik bo‘ladi (35-rasm).
Depsinish maqsadi – yugurib kelishning
gorizontal tezligini sak-
rovchi tanasining vertikal uchib chiqish tezligiga o‘tkazishdir, ya’ni
tanaga boshlang‘ich tezlik berishdir. Depsinishning optimal burchagi
75
o
, optimal uchib chiqish burchagi esa 22
o
ni tashkil etadi. Depsinish
qancha tez bajarilsa, yugurib kelishning gorizontal tezligi shuncha
kam yo‘qotiladi, demak, sakrovchining uchish uzoqligi ortadi.
Uchish.
Sakrovchi tanasi depsinish joyidan uzilgandan so‘ng
uchish fazasi boshlanadi, bu yerda hamma harakatlar muvozanatni
saqlashga va erga tushish uchun optimal sharoitlarni yaratishga
qaratiladi. Depsinish UOMga harakat yo‘nalishini beradi, bu yo‘nalish
sakrovchi tanasining boshlang‘ich uchib
chiqish tezligi kattaligi,
uchib chiqish burchagi va uchib chiqish balandligi bilan aniqlanadi.
Jahonning yetakchi sakrovchilari taxminan 9,4-9,8 m/s boshlang‘ich
tezlikka erishadilar. UOMning ko‘tarilish balandligi taxminan 50-70
sm ga teng. Sakrashning uchish fazasi shartli ravishda uchta qismga
bo‘linadi: 1) ko‘tarilish; 2) oldinga gorizontal harakatlanish; 3) erga
tushishga tayyorlanish.