246
Butun yugurib kelib uzunlikka sakrash texnikasini uchta qismga
bo‘lish mumkin:
yugurib kelish, depsinish, uchish va erga tushish.
Yugurib kelish.
Uzunlikka sakrashda yugurib kelish sakrovchining
optimal tezligini hosil qilish uchun xizmat qiladi. Bu turda yugurib
kelish tezligi ko‘proq
maksimal tezlikka yaqinlashadi, uni boshqa
sakrash turlaridan farqli ravishda sportchi rivojlantirishga qodir bo‘ladi.
Yugurib kelish uzunligi va yugurish qadamlari soni sportchining
individual xususiyatlariga va uning jismoniy tayyorgarligiga bog‘liq.
Yyetakchi sportchilar yugurish uzunligi 50 m bo‘lganda 24 tagacha
yugurish qadamlarini qo‘llaydilar. Ayollarda bu qiymatlar bir oz
kamroq – yugurish uzunligi 40 m gacha bo‘lganda 22
tagacha yugurish
qadamlaridan foydalanadilar. Yugurib kelishning o‘zini shartli
ravishda uch qismga ajratish mumkin: yugurishning boshlanishi,
yugurish tezligini olish, depsinishga tayyorlanish.
Dostları ilə paylaş: