Yengil atletika va uni



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/327
tarix03.12.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#171925
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   327
admin, Енгил атлетика дарслик

uchib chiqish burchagi
deb 
ataladi (34-rasm).
34-rasm.
 Depsinish burchagi va UOMning uchib chiqish burchagi 
yugurib kelishning gorizontal tezligi va depsinishning vertikal tezligi


244
U itariladigan oyoq itarilish joyidan uzilgan paytda hosil bo‘ladi. 
Uchib chiqish burchagini tayanch nuqtasini va UOMni birlashtirib 
turuvchi itariladigan oyoqning uzunasiga o‘qi bo‘yicha aniqlash 
mumkin (uchib chiqish burchagini to‘g‘ri aniqlash uchun maxsus 
asboblar qo‘llaniladi).
Sakrashlarning natijaliligini
belgilab beruvchi asosiy omillar – 
sakrovchi UOMning boshlang‘ich tezligi va uchib chiqish burchagi.
Sakrovchi UOMining boshlang‘ich
tezligi itariladigan oyoq 
uzilgan paytda aniqlanadi va quyidagilarga bog‘liq bo‘ladi:
- yugurib kelishning gorizontal tezligiga;
- gorizontal tezlikni vertikaliga o‘tkazish paytidagi mushak 
kuchlanishlari kattaligiga;
- shu kuchlanishlarning ta’sir qilish vaqtiga;
- itariladigan oyoqni qo‘yish burchagiga.
Gorizontal tezlik qismini vertikal tezlikka o‘tkazish paytidagi 
mushak kuchlanishlari kattaligini tavsiflab, sof kuchlanishlar kattaligi 
emas, balki kuch impulsi, ya’ni vaqt birligi ichidagi kuchlanishlar 
kattaligi to‘g‘risida gapirish lozim. Mushak kuchlanishlari kataligi 
qancha ko‘p va ularning namoyon bo‘lish vaqti qancha kam bo‘lsa, 
mushaklarning portlovchan kuchini ifodalovchi kuch impulsi shuncha 
yuqori bo‘ladi.
Uchish
. Sakrashning bu yaxlit bajarilish fazasi tayanchsiz hisob-
lanadi. Bundan langarcho‘p bilan sakrash mustasno bo‘lib, bu yerda 
uchib ikkita qismga bo‘linadi: tayanchli va tayanchsiz.
Shuni tushunib olish muhimki, uchish fazasida sakrovchi UOM-
ning harakat yo‘nalishini hech qason o‘zgartira olmaydi. Bu yo‘na-
lish itarilish fazasida beriladi. Biroq sakrovchi UOMga nisbatan tana 
a’zolari holatini o‘zgartirishi mumkin. Nima uchun sakrovchi qo‘llari, 
oyoqlari yordamida turli xil harakatlarni bajaradi, havoda gavda 
holatini o‘zgartiradi? Uchish texnikasi nima uchun o‘rganiladi? Bu 
savollarga javob shu sakrash fazasining maqsadida yotadi. 
Uchish paytida UOMning harakat yo‘nalishini o‘zgartirish mumkin 
emas, lekin UOMga nisbatan tana a’zolari holatini o‘zgartirish 
mumkin. Masalan, gimnastika, akrobatika, suvga sakrash kabi sport 
turlarida har xil aylanishlar bajariladi, lekin ularning barchasi UOM 


245
atrofida bajariladi. Sport biomexa-nikasidan ma’lumki, sakrovchining 
biron-bir tana a’zolari holatni o‘zgarishi boshqa distal a’zolarning 
diametral qarama-qarshi o‘zgarishlarini keltirib chiqaradi. 
Demak, uchish paytida gavda a’zolarini harakatlantirish orqali biz 
yoki optimal uchish sharoitlarini yaratishimiz, yoki ularni buzishimiz 
va shu orqali sakrash natijasini pasaytirib yuborishimiz mumkin. 
Sakrashlarda g‘olib va sovrindorlarni 1-2 sm ajratib turgan paytlarda 
uchishda oqilona va samarali harakatlanish texnikasi hal qiluvchi 
ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin