244
U itariladigan oyoq itarilish joyidan uzilgan paytda hosil bo‘ladi.
Uchib chiqish burchagini tayanch nuqtasini
va UOMni birlashtirib
turuvchi itariladigan oyoqning uzunasiga o‘qi bo‘yicha aniqlash
mumkin (uchib chiqish burchagini to‘g‘ri aniqlash uchun maxsus
asboblar qo‘llaniladi).
Sakrashlarning natijaliligini
belgilab beruvchi asosiy omillar –
sakrovchi UOMning boshlang‘ich tezligi va uchib chiqish burchagi.
Sakrovchi UOMining boshlang‘ich
tezligi itariladigan oyoq
uzilgan paytda aniqlanadi va quyidagilarga bog‘liq bo‘ladi:
- yugurib kelishning
gorizontal tezligiga;
- gorizontal tezlikni vertikaliga o‘tkazish paytidagi mushak
kuchlanishlari kattaligiga;
- shu kuchlanishlarning ta’sir qilish vaqtiga;
- itariladigan oyoqni qo‘yish burchagiga.
Gorizontal tezlik qismini vertikal tezlikka o‘tkazish
paytidagi
mushak kuchlanishlari kattaligini tavsiflab, sof kuchlanishlar kattaligi
emas, balki kuch impulsi, ya’ni vaqt birligi ichidagi kuchlanishlar
kattaligi to‘g‘risida gapirish lozim. Mushak kuchlanishlari kataligi
qancha ko‘p va ularning namoyon bo‘lish vaqti qancha kam bo‘lsa,
mushaklarning portlovchan kuchini ifodalovchi kuch impulsi shuncha
yuqori bo‘ladi.
Uchish
. Sakrashning bu yaxlit bajarilish fazasi
tayanchsiz hisob-
lanadi. Bundan langarcho‘p bilan sakrash mustasno bo‘lib, bu yerda
uchib ikkita qismga bo‘linadi: tayanchli va tayanchsiz.
Shuni tushunib olish muhimki, uchish fazasida sakrovchi UOM-
ning harakat yo‘nalishini hech qason o‘zgartira olmaydi. Bu yo‘na-
lish itarilish fazasida beriladi. Biroq sakrovchi UOMga
nisbatan tana
a’zolari holatini o‘zgartirishi mumkin. Nima uchun sakrovchi qo‘llari,
oyoqlari yordamida turli xil harakatlarni bajaradi, havoda gavda
holatini o‘zgartiradi? Uchish texnikasi nima uchun o‘rganiladi? Bu
savollarga javob shu sakrash fazasining maqsadida yotadi.
Uchish paytida UOMning harakat yo‘nalishini o‘zgartirish mumkin
emas, lekin UOMga nisbatan tana a’zolari holatini o‘zgartirish
mumkin. Masalan, gimnastika, akrobatika, suvga sakrash kabi sport
turlarida
har xil aylanishlar bajariladi, lekin ularning barchasi UOM
245
atrofida bajariladi. Sport biomexa-nikasidan ma’lumki, sakrovchining
biron-bir tana a’zolari holatni o‘zgarishi boshqa distal a’zolarning
diametral qarama-qarshi o‘zgarishlarini keltirib chiqaradi.
Demak, uchish paytida gavda a’zolarini harakatlantirish orqali biz
yoki optimal uchish sharoitlarini yaratishimiz, yoki ularni buzishimiz
va shu orqali sakrash natijasini pasaytirib yuborishimiz mumkin.
Sakrashlarda g‘olib va sovrindorlarni 1-2 sm ajratib turgan paytlarda
uchishda oqilona va samarali harakatlanish texnikasi hal qiluvchi
ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: