Depsinishga tayyorlanishda
oxirgi 3-4 yugurish qadamlarida
sportchi o‘zi uchun optimal tezlikni rivojlantirishi kerak. Yugurishning
bu qismi harakat sur’atining oshishi, yugurish qadam uzunligining
bir oz kamayishi bilan ifodalanadi, oyoq soni oldinga-orqaga harakat
qilganida uning birmuncha yuqoriga ko‘tarilishi ortadi. Tizza bo‘g‘i-
midan tekislangan itariladigan oyoq oxirgi qadamda orqaga “tira-
liuvchi” harakat orqali butun oyoq tagi bilan depsinish joyiga qo‘yiladi.
Depsinish oldidan elkani orqaga og‘dirish oxirgi, avvalgilariga
nis batan ancha qisqaroq qadamda qadam tashlaydigan oyoqning tos-
ni oldinga faol uzatishi hisobiga erishiladi. Itariladigan oyoqni erga
qo‘yishda uni tizza bo‘g‘imidan ataylab bukish (cho‘kkalashni baja-
rish) tavsiya qilinmaydi. Yugurib kelish tezligi va sakrovchining og‘ir-
lik kuchi ta’sirida oyoqning o‘zi tizza bo‘g‘imidan bukiladi va zo‘ri-
qtirilgan mushaklar cho‘ziltirilganda depsinish samaraliroq bajariladi.
Depsinish.
Bu sakrash qismi oyoq depsinish joyiga qo‘yilgan
paytdan boshlanadi. Oyoq butun tagi bilan tashqi chekkasiga ko‘p-
roq bosilgan holda qo‘yiladi. Ba’zi sportchilar oyoqni tovondan bosh-
lab qo‘yadilar. Ikkala holda ham oyoq kaftining 2-5 sm ga oldin-
ga sirg‘anishi sodir bo‘lishi mumkin, ayniqsa bu oyoq tovondan
qo‘yilganda kuzatiladi, chunki unda tikanlar yo‘q va u oldinga surilib
ketishi mumkin. Shuningdek,, itariladigan oyoqni nooqilona qo‘yish,
ya’ni UOM proekstiyasidan ancha uzoqroqqa qo‘yish ham oyoqning
surilishiga olib keladi.
Itariladigan oyoqni qo‘yishning optimal burchagi – 70
o
atrofida
bo‘lib, oyoq bir oz tizza bo‘g‘imidan bukiladi. Endi shug‘ullanayotgan
sakrovchilarga va oyoq kuchi yetarlicha rivojlanmagan sportchilarga
oyoqni tizzadan sun’iy ravishda bukish tavsiya etilmaydi, chunki
sakrovchi tayanch reaksiyasining knga ta’sir ko‘rsatayotgan kuch-
lariga dosh bera olmasligi mumkin. Amortizastiya fazasida (oyoqni
248
tayanchga qo‘ygan paytdan boshlab to vertikal paytigacha) sekundning
birinchi ulushlarida tayanch reaksiyasi kuchi keskin oshadi, keyin
uning tez kamayishi sodir bo‘ladi. Bu kuchlar ta’sirida tizza va tos-
son bo‘g‘imlarida bukilish yuzaga keladi. Vertikal paytdan boshlab,
qadam tashlaydigan oyoq oldinga-yuqoriga faol chiqarilgan mahal bu
bo‘g‘imlarni yozish bajariladi. Vertikal paytiga qadar mushaklar ishi
va qadam tashlaydigan oyoq hamda qo‘llarning inersiya xususiyatlari
hisobiga tayanchning reaksiya kuchlari bir oz ortadi. Tizza va tos-
son bo‘g‘imlarining o‘zilishida qatnashuvchi mushaklar ishi vertikal
holatini o‘tib bo‘lgunga qadar boshlanadi, ya’ni bo‘g‘imlarning
bukilishi hali tugamagan, o‘zuvchi mushaklar esa mushak tarkibla-
rining cho‘ziluvchan kuchidan samarali foydalangan holda o‘z ishini
faol boshlab yuboradi.
Qadam tashlaydigan oyoq va qo‘lning oldinga harakatlari bu a’zo-
lar og‘irligining harakat miqdorini sakrovchining butun tanasiga
berishga yordam qiladi. Depsinish oyoq kafti tayanchdan uzilgan
paytda yakunlanadi, bunda tayanchning reaksiya kuchi juda ham
kichik bo‘ladi (35-rasm).
Depsinish maqsadi – yugurib kelishning gorizontal tezligini sak-
rovchi tanasining vertikal uchib chiqish tezligiga o‘tkazishdir, ya’ni
tanaga boshlang‘ich tezlik berishdir. Depsinishning optimal burchagi
75
o
, optimal uchib chiqish burchagi esa 22
o
ni tashkil etadi. Depsinish
qancha tez bajarilsa, yugurib kelishning gorizontal tezligi shuncha
kam yo‘qotiladi, demak, sakrovchining uchish uzoqligi ortadi.
Uchish.
Sakrovchi tanasi depsinish joyidan uzilgandan so‘ng
uchish fazasi boshlanadi, bu yerda hamma harakatlar muvozanatni
saqlashga va erga tushish uchun optimal sharoitlarni yaratishga
qaratiladi. Depsinish UOMga harakat yo‘nalishini beradi, bu yo‘nalish
sakrovchi tanasining boshlang‘ich uchib chiqish tezligi kattaligi,
uchib chiqish burchagi va uchib chiqish balandligi bilan aniqlanadi.
Jahonning yetakchi sakrovchilari taxminan 9,4-9,8 m/s boshlang‘ich
tezlikka erishadilar. UOMning ko‘tarilish balandligi taxminan 50-70
sm ga teng. Sakrashning uchish fazasi shartli ravishda uchta qismga
bo‘linadi: 1) ko‘tarilish; 2) oldinga gorizontal harakatlanish; 3) erga
tushishga tayyorlanish.
|