Yengil atletika va uni



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/327
tarix03.12.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#171925
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   327
admin, Енгил атлетика дарслик

35-rasm.
 Yugurib kelib uzunlikka sakrashda depsinish
dinamogrammasi (vertikal va gorizontal holati)
Hamma turdagi sakrashlarda ko‘tarilish bir xil bo‘ladi. U qadam 
tashlab turib uchishdan iborat. Depsinishdan so‘ng itariladigan oyoq 
birmuncha vaqt orqada tekis holda qoladi, qadam tashlaydigan oyoq 
gorizontal darajasigacha tos-son bo‘g‘imidan bukilgan, boldir qadam 
tashlaydigan oyoq soni bilan to‘g‘ri burchak ostida tizzadan bukilgan. 
Gavda bir oz oldinga egilgan. Qadam tashlaydigan oyoqqa qarama-
qarshi bo‘lgan qo‘l tirsak bo‘g‘imidan salgina bukilgan va oldinda 
bosh darajasida turadi, boshqa qo‘l yarim bukilgan holda orqaga 
uzatilgan. Bosh tekis ushlanadi, yelka bo‘shashtirilgan. Qo‘llar va 
oyoqlarning yetarlicha keng amplitudada hamda erkin harakatlar 
bilan qarama-qarshi harakatlanishlari depsinish tugagandan keyin 
gavdaning vertikal o‘q atrofida aylanma harakatlarini qoplaydi. Keyin 
tanlangan sakrash usuliga mos bo‘lgan harakatlar bajariladi.


250

Oyoqlarni bukib
” usulida sakrashning uchish fazasi ham ijro 
etish, ham texnikasini o‘rganish uchun oddiy hisoblanadi. Yerdan 
ko‘tarilgandan so‘ng qadam tashlash holatida itariladigan oyoq tizza 
bo‘g‘imidan bukiladi va qadam tashlaydigan oyoqqa olib kelinadi
elka muvozanatni saqlash uchun, shuningdek,, qorin pressi mushaklari 
hamda oyoqlarni osilib turgan holatda ushlab turuvchi sonlar old 
yuzasining ortiqcha zo‘riqishini yo‘qotish uchun bir oz orqaga olinadi. 
Tirsak bo‘g‘imlaridan bir oz bukilgan qo‘llar yuqoriga ko‘tariladi. 
UOM yo‘nalishi pastga tusha boshlagan paytda elkalar oldinga 
chiqariladi, qo‘llar oldinga-pastga harakat qilib pastga tushiriladi
oyoqlar tizza bo‘g‘imidan to‘g‘rilanib ko‘krakka yaqinlashadi. 
Sakrovchi erga tushish uchun holatni egallaydi (36-rasm).

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin