Tayanch iboralar.
1. Depsinish
2. Uchish
3. Yerga tushish
4. Depsinish tezligi
5. Gorizontal tezlik
6. Vertikal tezlik
7. Sapchish
8. Usul va usullar
9. Sakrash fazalari
10. Fazani bajarish usullari
11. Fazani bajarish vazifalari
263
O‘z – o‘zini nazorat qilish uchun savollar:
1. Uzunlikka sakrashning sport turi sifatida shakllanishi va rivoj-
lanishi qaysi davrlardan boshlangan?
2.Uzunlikka sakrash bo‘yicha musobaqalarni kim boshqaradi?
3.Uzunlikka sakrash bo‘yicha musobaqalarida nechta hakam
bo‘ladi?
4.Uzunlikka sakrashni oxirgi qadamlari qanday bajariladi?
5.Yugurish tezligi qanaqa bo‘ladi?
6.Vertikal tezlik qanday hosil bo‘ladi?
7.Depsinishda UOM qanaqa holatda bo‘lishi muhim rol o‘ynaydi?
8.Uzunlikka sakrash uzoqligi nimaga bog‘liq bo‘ladi?
9. Uzunlikka sakrash tezligi qanday bo‘lishi kerak?
10. Uzunlikka sakrash uchun necha metr masofadan yugurib kelish
kerak, balandlikkachi?
11. Erkaklar o‘rtasida uzunlikka sakrash bo‘yicha dunyo rekordi
qaysi davlat vakiliga tegishli?
12. Ayollar o‘rtasida uzunlikka sakrash bo‘yicha dunyo rekordi
qaysi davlat vakiliga tegishli?
264
III BOB. UCH HATLAB SAKRASH
3.1. Uch hatlab sakrashning rivojlanishi
Uch hatlab sakrash – yengil atletikaning murakkab turi hisoblanadi.
Bu sport turi yugurish va uchta ketma – ketlikda bajriluvchi element-
lardan – «sаpchish», «qadam tashlash» va «sakrash»dan tashkil topadi.
Birinchi elementni («sаpchish») bajarish vaqtida sportchining
tayanch – harakatlanish apparati yuklama zo‘riqishini his qiladi, bunda
tana og‘irligidan 5 – 7 marta katta qiymatdagi, 1000 kg ga yaqin yukla-
ma qayd qilinadi. Yugurish vaqtida sportchi tezlikni rivojlantiradi,
bunda u 10,3 – 10,8 m/s qiymatdagi tezlik oladi. Dinamik zarbani
engib o‘tish bilan bog‘liq holatda va itarilish vaqtida harakat yo‘nalishi
o‘zgarishiga bog‘liq sakrashning har bir elementida sportchi 0,6 – 0,8
dan 0,9 – 1,5 m/s gacha tezlik qiymatini yo‘qotadi va uchinchi element
(«sakrash») bor – yo‘g‘i 8,0 – 8,5 m/s qiymatdagi tezlikda amalga
oshiriladi. Jismoniy jihatdan tayyorgarlik, texnik tayyorgarlik darajasi
bo‘yicha individual xususiyatlardan kelib chiqqan holatda, har bir
sportchi tomonidan yugurish masofasini 35 metrdan 45 metrgacha
tanlanadi. Shuningdek,, alohida elementlarning ya’ni, «sаpchish»
+ «qadam tashlash» + «sakrash» uzunlik masofasi nisbatlari o‘zaro
farqlanadi. Shunday qilib, tezlik sifati ustunlik qiluvchi sportchilarda
jismoniy tayyorgarlik darajasi holatida bu qiymat 33 + 31 + 36%ni
tashkil qilishi, kuch sifati ustunlik qiluvchi sportchilarda esa – 37 +
32 + 31% va «universal» sportchilar uchun – 38 + 30 + 32%ni tashkil
qilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Uch hatlab sakrash – bu yengil atletikaning eng qadimiy turlaridan
biri hisoblanadi.
Ko‘p marta takroriylikdagi sakrash musobaqalari haqida eramizdan
oldingi VIII asrga tegishli bo‘lgan yozma manbalarda ma’lumotlar
keltiriladi, eramizgacha 708-yilda o‘tkazilgan XVIII Olimpia
o‘yinlarida pentatlon (bu sport turi tarkibiga ko‘p marta takroriylikda
sakrash ham kiritilgan) bo‘yicha dastlabki chempion lankaniyalik
Lampis bo‘lganligi keltiriladi. Navbatdagi davrlarda sakrash texni kasi
va mashqlar tarkibidagi elementlar miqdori doimiy ravishda o‘zgartirib
265
borilgan, bu holat Yevropa va Amerika mamlakatlarining iqlim va
tabiiy shart – sharoitlaridan kelib chiqqan holatda amalga oshirilgan.
Yakuniy holatda, uch hatlab sakrashning quyidagi uchta texnik uslublari
shakllangan: jumladan, Grekcha «qadam tashlash» + «qadam tashlash»
+ «sakrash», Irlandiyacha «sаpchish» + «sаpchish» + «sakrash»
va Shotlandiyacha «sаpchish» + «qadam tashlash» + «sakrash».
1908-yilda sakrashning Shotlandiyacha uslubi qonuniylashtirilgan va
bu qoidalar hozirgi kunga qadar saqlanib qolgan.
Uch hatlab sakrash bo‘yicha dastlabki dunyo rekordi qonuniy-
lash tirilgan uslubda amerikalik D.Axern tomonidan 1911 --yil 30 –
may sanasida Nyu – York shahrida o‘tkazilgan musobaqalarda qayd
qilingan bo‘lib, 15 metr 52 sm ga teng natija ko‘rsatilgan. 1927-yildan
boshlab, uch hatlab sakrashda yer yuzasiga oyoqlarning yengil tazda
(«mushuk qadam») tashlanishi bilan faqrlanuvchi, Yaponiya sakrash
maktabi ajralib chiqqan. 1936-yilga qadar yaponiyalik sportchilar
ushbu sport turi bo‘yicha barcha yirik musobaqalarda ustunlikni o‘z
qo‘llarida saqlab turishgan. Ular 1928 --yilda Amsterdam shahrida
o‘tkazilgan, IX Olimpia o‘yinlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritishgan.
Shuningdek,, 1932 --yilda Los – Andjeles shahrida o‘tkazilgan, X
Olimpia o‘yinlarida Ch.Nambu tomonidan dunyo rekordi o‘rnatilgan
(15 metr 72 sm), 1936-yilda Berli n shahrida o‘tkazilgan, XI Olimpia
o‘yinlarida N.Tadzima birinchi marta 16 metrlik masofani zabt etgan.
Faqatgina 1950 --yilga kelibgina, braziliyalik sportchi – F.Silva
ushbu natijani takrorlay olgan, bu sportchi 1951-yilda 16 metr 0,1 sm
masofani qo‘lga kiritgan. 1952-yilda Xelsinki shahrida o‘tkazilgan,
XV Olimpia o‘yinlarida F. da Silva tomonidan 16 metr 22 sm masofa
zabt etilib, rekord natija sifatida qayd qilingan. Navbatdagi yetti-yil
davomida Yevropa va Lotin Amerikasida faoliyat olib boruvchi uch
hatlab sakrash maktablari vakillari o‘rtasida kurash ketgan. 1953-yilda
L.Sherbakov (Sobiq Ittifoq) 16 metr 23 sm masofaga sakrashni
amalga oshirgan, 1958-yilda esa – O.Ryaxovskiy 16 metr 59 sm
natija ko‘rsatgan, 1959-yilda ushbu sportchi 16 metr 70 sm masofani
zabt etgan. 1960-yil 5 – avgust sanasida Olshtin shahrida o‘tkazilgan
uch hatlab sakrash musobaqalarida Polshalik Yu.Shmidt 17 metrlik
masofaga sakrashni amalga oshirgan (17 metr 0,3 sm).
266
17 metrlik masofaga sakrash natijasi navbatdagi Olimpiada-yili
hisoblangan 1968-yilda qayd qilingan. XIX Olimpia o‘yinlarida
(Mexiko, 1968-yil) 17 metrlik masofani D.Djentile (Italiya) zabt etgan
(17 metr 22 sm), shuningdek, N.Prudensio (Braziliya) tomonidan 17
metr 27 sm, V.Saneev (Sobiq Ittifoq) tomonidan esa – 17 metr 39 sm
natija qayd qilingan va yangi Olimpia rekordi o‘rnatilgan. 1971-yilda
kubalik sportchi P.Duenyas 17 metr 40 sm masofaga sakrashni amalga
oshirgan, biroq 1972-yilda V.Saneev 17 metr 44 sm masofani zabt eta
olgan. 1971-yil 15 – oktyabr sanasida Mexiko shahrida o‘tkazilgan
musobaqalarda braziliyalik J.Oliveyra tomonidan 17 metr 89 sm
masofa zabt etilib, yangi dunyo rekordi o‘rnatilgan, bu natija 10-yil
davomida o‘zgarmasdan saqlanib qolgan bo‘lib, faqatgina 1985-yilda
amerikalik U.Benks 18 metrga yaqin masofaga sakrashni amalga
oshira olgan (17 metr 97 sm).
Hozirgi vaqtda yugurib kelib, uch hatlab sakrash sport turi bo‘yicha
dunyo rekordi angliyalik D.Edvards hisobiga yozilgan bo‘lib, bu
sportchi tomonidan 18 metr 29 sm natija qayd qilingan.
Yugurib kelib, uch hatlab sakrash sport turining ayollar o‘rtasida
ommalashtirilishi 1992-yilda boshlangan. Dunyoda birinchi ayol
rekordchi sportchi bu yo‘nalishda ukrainalik I.Kravest (Geteborg,
1995-yil) hisoblanib, bu sportchi 15 metr 50 sm natijani qayd qilgan.
Shuningdek,, bu sportchi 1996-yilda Atlanta shahrida o‘tkazilgan
ushbu sport turi bo‘yicha Olimpia chempioni hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |