Yengil atletika va uni



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə123/327
tarix03.12.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#171925
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   327
admin, Енгил атлетика дарслик

Birinchi bosqich.
Mazkur bosqich vazifasi – yaxlit sakrash sxe
-
masini o‘zlashtirish uchun yetarli darajada sakrash texnikasini 
asoslari va uning alohida elementlarini o‘rganish. Sakrovchi tebranish 
harakatlari yordamida har ikkala oyoqdan itarilishni bajara olishi 
kerak, startdan tezlikni tez rivojlantirishni, yugurib kelishni turtki 
harakatlari bilan birga bajarishni, parvozda turg‘un muvozanat 
saqlashni o‘rganish kerak. Bunga turli xil sakrash mashqlarini bajarish 
jarayonida erishiladi. 
1.1.1.1.1.1.1. 
Har bir oyoqdan itarilish (yurishda qisqa va o‘rta 
masofada yugurib kelishda mashqni to‘g‘ri bajarishni nazorat qilish, 
buning uchun qo‘shimcha vositalarni qo‘llash).
1.1.1.1.1.1.2. 
Qisqa masofadan yugurib kelib, har bir oyoqdan 
qadamlab sakrash.
1.1.1.1.1.1.3. 
Har bir oyoqdan navbat bilan turtinish harakatlarini 
bajarish (mashq 25-30 m.li masofada yuqoriga faol siltanish va oldinga 
qarab bir oz siljish bilan bajariladi).
1.1.1.1.1.1.4. 
Bir oyoqda sapchib sakrash yugurishda tezlanishlarni 
shunday bajarish kerakki, toki 35-40 m masofada yuqori tezlikni 
rivojlantirish mumkin bo‘lsin. Bu harakatlar imkoni boricha erkin 
bajarilishi kerak. Masofa oxirida bo‘shashib, energiya bo‘yicha 
yugurish kerak. 
Ikkinchi bosqich.
Ikkinchi bosqichda sakrovchi quyidagi izchillik-
da yaxlit sakrash sxemasini o‘zlashtirishga kirishadi:
1-vazifa.
Soddalashtirilgan sxema bo‘yicha sakrashdagi barcha 
harakatlar kompleksi va ularning maromini o‘zlashtirish (ya’ni, yaxlit 
sakrash, lekin faqat qisqartirilgan harakatlar amplitudasi va kichik 
intensivligidagi urinishlar bilan).
2-vazifa. 
Ikkinchi itarilishni o‘zlashtirish asosida ikkinchi sakrash-
ni takomillashtirish (ikkinchi turtkida kuchli, itarilgan holda 5-7 
yugurish qadamidan sakrashni bajarish). 
3-vazifa.
Uchinchi sakrashni takomillashtirish (parvozdagi faol 
tayyorgarlik va tebranish harakatlarining katta amplitudasi hisobiga 
itarilish quvvatini oshirish).


271

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin