275
8.
Shtanga bilan yugurish (60-65 kg, 50-10 m);
9.
100-150 kg.li yuk bilan keng qadam tashlab yugurish 25-40 m;
10.
Har qadamda shtangani (70-75 kg) itarib chiqarish bilan yurish
(75-100 m);
11.
Shtanga bilan (4-45 kg) ikkala oyoqda va oyoqdan oyoqqa
sakrash 25-30 m;
12.
Gavdaning oldingi va orqa tomoni hamda oyoqlar mushaklarini
mustahkamlovchi mashqlar.
Kuch ishlatiladigan mashqlarni bajarishda gavdani to‘g‘ri
vaziyatini, tos-son va tizza bo‘g‘imlarining bukilish burchaklarini
saqlab qolish ayniqsa muhimdir. Chunki, tekshirishlar shuni
ko‘rsatadiki, mashq qilingan harakatlar amplitudasi va
burchaklarida
kuch rivojlanishining maksimal samarasi namoyon bo‘ladi. Itarilish va
uloqtirish harakatlarini bajarishda murabbiy oyoqlar,
gavdaning orqa
tomoni va yelka kamari mushaklarini o‘zaro ta’sir etish izchilligiga
e’tibor berishi lozim.
3.6.-yillik mashq qilishni rejalashtirish va o‘tkazish
Mashq qilishni rejalashtirish murabbiy va sakrovchi sportchi
ijodining muhim tomonidir. Har qanday
dadil fikr amaliyotda
sinalib, aniq mezonlar nazorat mashqlarining natijalari maxsus
sinovlar, testlar yordamida baholanadi. Mashq qilish jarayonida
rejaga alohida tuzatishlar kiritish mumkin, lekin rejaning mavsum,
davr, sikldagi asosiy yo‘nalishi (vositalar va ular hajmini tanlash)
o‘zgarmasligi kerak. Tanlangan yo‘lning to‘g‘riligini isbotlash uchun
zaruriy tuzatishlar kiritiladi. Hafta, oy,
mavsum sikli uchun tuzilgan
rejada murabbiyning hozirgi vaziyat borasidagi fikrlari va istiqbolini
ko‘ra bilish qobiliyati mujassam etilgandir. Mashq qilish jarayonini
boshqarish rejalashtirilgan hajm va natijalarni sakrovchi sportchiga
ijobiy ruhiy ta’sir etishini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Jismoniy va ma’naviy kuchlarni rivojlanish istiqboli, sakrovchining
asosiy vositalarini ta’sir etish kuchini aniq
bilish rejasini amalga
oshishiga erishish zamonaviy murabbiydan talab etiladigan mezo n-
lardir. Sakrovchi sportchilarning faoliyatini tahlil etish shuni ko‘rsa-
276
tadiki, 15 m.li marraga 4-5-yil davomida muntazam mashq qilish
natijasida erishiladi. Bu muhlatlar sportchining iqtidoriga bog‘liqdir.
16 m.li marrani yengish uchun sport mavsumiga tuzilgan mashq rejasi
125 km masofaga yugurish, 35
km sakrash mashqlari, 250 t vaznli
kuch ishlatiladigan mashqlarni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari,
uch hatlab sakrash va uzunlikka sakrash bo‘yicha 30
ta musobaqada
ishtirok etish lozim.
Dostları ilə paylaş: