291
O‘tgan asrning 1930-yillarida «oshib o‘tish»
usuliga jiddiy
raqobatchi sifatida «oshirib tashlash» sakrash usuli paydo bo‘lgan (41 d
– rasm). 1936-yilda bir vaqtning o‘zida ikkita Amerikalik sportchilar –
K.Djonson («oshib o‘tish» usulida) va D.Olbritton («oshirib tashlash»
usulida) 207,6 sm balandlikni zabt etishgan.
1968-yilga qadar balandlikka sakrashda «oshirib tashlash» usuli
ustuvorlik qilgan bo‘lib, bunda plankadan o‘tishda yuqori darajadagi
tejamkorlik qayd qilinadi, shuningdek, OSMT undan bor – yo‘g‘i 1
sm yuqori qilib belgilanishi mumkin. Bu davrda «oshirib tashlash»
usuli yordamida sakrashda yorqin natijalar ko‘rsata olgan
sportchilar
sifatida Ch.Dyumas (215 sm, AQSh, 1956-yil), Yu.Stepanov (216
sm, Sobiq Ittifoq, 1957-yil), D.Tomas (222,8 sm, AQSh, 1960-yil),
V.Brumel (228 sm, Sobiq ittifoq, 1963-yil) kabilar ko‘rsatib o‘tiladi.
Rim shahrida (1960-yil) va Tokio shahrida o‘tkazilgan (1964-
yil) Olimpia o‘yinlarida Sobiq Ittifoqlik R.Shavlakadze va V.Brumel
chempionlikni qo‘lga kiritishgan.
XIX Olimpia o‘yinlarida (Mexiko, 1968-yil) D.Fosbyuri (AQSh)
g‘oliblikni qo‘lga kiritib, bu sportchi sakrashning yangi usulini
namoyish qilgan, bu usul «fosbyuri-flop» deb nomlangan (41 e –
rasm).
292
Navbatdagi 10-yil davomida balandlikka sakrashning
ikkala usuli
(«oshirib tashlash» va «fosbyuri-flop» usullari) bo‘yicha faoliyat olib
boruvchi sportchilar o‘rtasida bahs davom etgan: jumladan, P.Matstdorf
(229 sm, AQSh, 1971-yil, «oshirib tashlash» usulida), D.Stounz
(232 sm, AQSh, 1976-yil, «FOSBYURI-flop» usulida), V.Yashenko
(234 sm, Sobiq ittifoq, 1978-yil, «oshirib tashlash» usulida) yuqori
natijalarni qo‘lga kiritishgan. Bu bahslashishlar «fosbyuri-flop»
usuli foydasiga hal qilinib, navbatdagi davrlarda balandlikka sakrash
bo‘yicha barcha rekord natijalar aynan, «fosbyuri-flop» usulida qo‘lga
kiritilgan: jumladan, Ya.Vshola (235 sm, Polsha, 1980-yil), G.Vessig
(236 sm, GDR, 1980-yil), Ch.Szyanxua (239 sm, Xitoy, 1984-yil),
R.Povarnistin (240 sm, Sobiq ittifoq, 1985-yil), I.Paklin (241 sm,
Sobiq ittifoq, 1985-yil), P.Sheberg (242 sm, Shvetsiya), X.Sotamayor
(245 sm, Kuba, 1993-yil) kabi sportchilar bu usulda yuksak natijalarni
qo‘lga kiritishgan. «Fosbyuri-flop»
usulining ustunligi shundaki,
ya’ni bunda nafaqat o‘tish usuli samaradorligi yuqori bo‘lishi (OSMT
planka darajasida yoki hatto, undan biroz pastroq bo‘lishi) qayd
qilinadi, balki yugurishning nisbatan yuqori qiymatga ega bo‘lishi
kuzatiladi.
Balandlikka sakrash bo‘yicha ayollar o‘rtasida birinchi rekord
natija 1926-yilda qayd qilingan bo‘lib, 156 sm ni tashkil qiladi
(Green, Angliya). K.Gizolf (162 sm, Gollandiya, 1932-yil), D.Shili
(165 sm, AQSh, 1932-yil), D.Odem (166 sm, Angliya, 1939-yil),
F.Blankers-Kun (171 sm,
Niderlandiya, 1943-yil), Sh.Leruill (172
sm, Angliya, 1951-yil), A.Chudina (173 sm, Sobiq ittifoq, 1954-yil)
kabi sportchilar tomonidan amalga oshirilgan zo‘r berishlar natijasida
rekord natija «shifti» 173 sm ga etkazilgan. Yuqorida sanab o‘tilgan
barcha ayol sportchilar «hatlab o‘tish» usulidan foydalanishgan.
Iste’dodli sportchilardan biri bo‘lgan I.Balash (Ruminiya) «to‘lqin»
usulida sakrash oqrali 1958 – 1961-yillar davomida rekord natijani 12
marta takroriylikda yaxshilagan va 191 sm natija ko‘rsatgan. Keyin
esa, ayollar o‘rtasida balandlikka sakrash musobaqalarida «oshirib
tashlash» usulidan foydalanish davri boshlangan bo‘lib, I.Guzenbauer
(192 sm, Avstriya, 1971-yil), I.Blagoeva (194 sm,
Belorussiya, 1972-
yil), R.Akkerman – Vitchas (195 – 200 sm, GDR, 1974 – 1977-yil)
293
kabi sportchilar faollik ko‘rsatishgan. Shuningdek,, «fosbyuri-flop»
usulidan foydalanib, S.Simeoni (201 sm, Italiya, 1982-yil), U.Meyfart
(202 sm, FRG, 1982-yil, 203 sm, 1983-yil), T.Bikova (203 va 204
sm, Sobiq ittifoq, 1983-yil, 205 sm, 1984-yil), L.Andronova (207 sm,
Belorussiya, 1984-yil), S.Kostadinova (209 sm, Belorussiya, 1987-
yil) kabi sportchilar 2 metrdan baland natijalarni qo‘lga kiritishgan.
Dostları ilə paylaş: