297
Silkinch oyoq taxtacha orqasidan tushiriladi,
depsinuvchi oyoq uning
ustidan olib o‘tiladi. Shu paytda gavda taxtacha tomonga buriladi.
Qo‘nish silkinch oyoqqa yonbosh bilan amalga oshiriladi. Qo‘nish
yerdan bir oz ko‘tarilgan qumli chuqurcha yoki zal sharoitida matlar
ustiga amalga oshiriladi. Asosiysi, joy balandligi taxtacha ustidan
o‘tgandan so‘ng silkinch oyoqni bukmasdan erga qo‘yishga imkon
bersa bo‘lgani. Aks holda «peretyagivanie» usuli
texnikasi asosan
oxirgi uchish qismida buziladi. «Hatlab o‘tish» usulini boshlang‘ich
yengil atletikachilar kursida – fosbyuri – flop»ning yoysimon yugurish
texnikasini o‘rgatishda foydalanish mumkin (46-rasm).
Balandlika sakrash usullarida sakraganda yerga tushish vaqtida
qo‘lga, belga, yelkaga katta kuch tushishi mumkin. Shuning uchun
sakrovchiga avvalo, yerga mayin tushishni o‘rgatish,
yelka kamari va
qo‘l muskullarini mustahkamlash va erga tushadigan joyni yaxshilab
tayyorlash kerak.
46-rasm.
Fosbyuri – flop usulida sakrash texnikasi
298
O‘rgatishni 1-4 yugurish qadami tashlab
sakrashdan boshlagan
ma’qul. Shunda shug‘ullanuvchining depsinishni va keyinchalik
planka ustidan o‘tishni bilib olish osonroq bo‘ladi. Depsinish va planka
ustidan o‘tishni o‘zlashtirgandan keyin ancha uzoqroqdan yugurib
kelib, asta-sekin tezlikni va plankani ko‘tarib sakrashga o‘tiladi.
Har bir harakatni ko‘p marta takrorlash lozim. Oldin taqlid
mashqlari bajariladi, keyin esa harakatlar planka ustidan sakrab
o‘rganiladi. Chinakam mashqqa yaqin
keladigan mashqlardan tashqari,
kuch va egiluvchanlikni rivojlantiradigan, umumiy va maxsus sakrash
mashqlarini keng qo‘llash kerak.
Quyida yugurib kelib balandlikka sakrash texnikasini o‘rgatish
uslubiyati berilgan. Boshida balandlikka sakrashning ―hatlab o‘tish»
usulini o‘rgatish uslubiyatini to‘liq o‘rganib, keyin boshqa usullarga
o‘tish maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: