272
kiritiladi. Sakrash mashqlari qo‘l-oyoqlarning aylanma harakatlari
bilan birgalikda faol itarilish ko‘nikmalarini: parvoz,
bosqichlarida
muvozanatni saqlash va erkin harakatlanishni takomillashtirishga
yordam beradi, tayanch-bog‘lash tizimini mustahkamlaydi. Sakrash
mashqlari (ko‘p jihatdan, bir oyoqda sakrash) sportchida sakrovchanlik
va boshqa tezkor-kuch hislatlarini rivojlanishiga ijobiy ta’sir etadi.
Oliy toifadagi sakrovchilar bilan o‘tkazilgan qishki tayyorgarlik
davrida 4 oy pedagogik tajribalar shuni ko‘rsatdiki, 25
km hajmdagi
sakrash mashqlarida va kichik hajmdagi boshqa vositalarda (7,5-9
mg‘sek tezlikda 35 km.ga yugurish, 35 t kuch ishlatiladigan mashqlar)
nazorat mashqlarining natijalari ortib bordi.
Yugurish qadamidan beshkarra saqlash 50-15 kg.ga 50 m.ga
yugurish – 0,2 sek.ga; vazni bilan o‘tirib turish – 10-15 kg.ga; bosh
uzra orqaga yadro irg‘itish – 50-100 sm.ga.
Sakrash mashqlarini bajarishda trayektoriya balandligini kamay-
tirish, itarilishda amortizatsiyani kamaytirish va uch karra sakrash
bilan dinamik muvofiqlikka ahamiyat berish lozim.
Asosiy sakrash mashqlari;
Bir oyoqda sapchib sakrash;
Bir oyoqdan
ikkinchi oyoqqa qadam tashlash;
1-3 ta yugurish qadamdan so‘ng itarilish.
Sakrovchining tayanch-harakat tizimiga bir oyoqda itarib sakrash
mashqi katta ta’sir ko‘rsatadi. Bu mashq 40-50 sm balandlikdan
oldinga qarab faol tarzda sakrash harakatlaridan iborat. Sakrovchi
mahorati ortib borishi bilan maxsus mashqlar doirasi torayib boradi va
kelgusida mashq qilish jarayonida turli tezlikda maksimal uzunlikka
sakrash mashqlari asosiy o‘rin egallaydi. Bunda
shuni hisobga olish
kerakki, asosiy yuklama uch hatlab sakrashning 2\3 qismi bajariladigan
turtinuvchi oyoqqa to‘g‘ri kelishi lozim. 50-100 sm balandlikdan bir
oyoqqa sakrash foydali mashq hisoblanadi. Barcha sakrash mashqlarini
bajarish vaqtida keng amplitudali harakatlar bilan
itarilishni tezda
bajarishga erishish kerak. Turlicha bajarilish tezliklariga ega bo‘lgan
mashqlarni galma-gal bajarish (bitta mashg‘ulotda) o‘rinli bo‘ladi,
bunda qiya yo‘lakcha yordam berishi mumkin. Shu tariqa sakrash
bo‘yicha tayyorlanishning asosiy vositalari - bir oyoqda turib 50
273
m.dan «sapchib sakrash»; qisqa va o‘rtacha masofadan (4-8 yugurish
qadamlari) hamda katta masofadan kelib (10 va undan ortiq yugurish
qadamlari) uch hatlab sakrash hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: