267
qiladi, hamda itarilish harakatlarini faol tarzda bajarishga tayyorgarlik
holatini, oxirgi sakrashda esa to‘g‘ri qo‘nishni ta’minlaydi.
Uch hatlab
sakrashda natija maksimal yugurish tezligini rivojlantirish, kuchli
itarilishlar,
shuningdek,, «sapchib sakrash», «qadam», «sakrash»
balandligi va uzunligining muayyan nisbatlari natijasida yuzaga
keladi.
Yugurish masofasi va tezligi sakrovchining jismoniy hislatlari
(bo‘yi, vazni, oyoqlari uzunligi) harakatchanlik qobiliyatlari, maxsus
tayyorgarlik holatda bog‘liq bo‘ladi.
Taniqli sportchilarda yugurib kelish uzunligi 38-42 m. Yugurib
kelish vaqtida kuchni shunday taqsimlash kerakki, toki oxirgi 3-4
qadamni eng katta tezlik va sakrashga tayyorgarlik
holatida yugurib
o‘tish imkoni bo‘lsin. Uch hatlab sakrashda birinchi itarilishga
tayyorlanish uzunlikka sakrashdagiga nisbatan tabiiy holda qadamlar
uzunligidagi kichik farqlar bilan amalga oshadi. Faqatgina oxirgi
qadam oldingilariga qaraganda 10-15 sm qisqaroq bo‘ladi.
Bunga
sabab, birinchi sakrashda uzunlikka sakrashdagidek parvoz balandligi
yuzaga kelmaydi.
Musobaqada yuksak natijalarga erishish uchun yugurish harakat-
larini aniq bajarishga
ishonch hissi zarurdir, chunki bu hol sakrash
oldidan yaxshi ruxiy kayfiyatni yuzaga keltiradi. Taniqli sakrovchilar
odatda, baquvvat, epchil, yengil harakatlanishadi, mushaklari yaxshi
rivojlangan bo‘lib, 8-10-yil davomida qunt bilan mashq qilishdan so‘ng
23-26 yoshda rekord natijalarga erishadilar. 100 m masofadagi 11 sek.
gacha tez yugurib o‘ta oladigan va 7 m 50 sm.dan uzoq masofaga
sakray oladigan sportchilar bugungi
kunda uch hatlab sakrashda
yuksak muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar.
Jismonan yaxshi tayyorlangan shug‘ullanuvchilargina uch hatlab
sakrash texnikasini o‘rganishi mumkin. Agar ular bundan oldin qis-
qa masofaga yugurish va uzunlikka sakrash bilan shug‘ullangan bo‘l-
ishsa, o‘quv jarayoni samarali o‘tadi.
269
Uch hatlab sakrash texnikasini o‘rgatish vazifalariga quyidagilar
kiradi:
1-vazifa.
Shug‘ullanuvchilarning uch hatlab sakrash texnikasi bilan
tanishtirish, ularda yugurib kelish, «sapchish», «qadam» va «sakrash»
to‘g‘risida tasavvur xosil qilish.
Dostları ilə paylaş: