Yengil atletika va uni


-vazifa. Uch hatlab sakrashning qisqa yugurib kelishdan baja- riladigan oddiy texnikasini o‘rgatish. 3-vazifa



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/327
tarix03.12.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#171925
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   327
admin, Енгил атлетика дарслик

2-vazifa.
Uch hatlab sakrashning qisqa yugurib kelishdan baja-
riladigan oddiy texnikasini o‘rgatish.
3-vazifa.
«Sapchish» va «qadam»dan keyin erga tushish va 
depsinish uchun oyoqni to‘g‘ri qo‘yishni o‘rgatish. 
4-vazifa.
«Sapchish»ni «qadam»lab sakrash bilan bog‘lashni o‘r-
gatish. 
5-vazifa.
«Qadam»ni «sakrash» bilan bog‘lashni o‘rgatish. 
6-vazifa.
Uchinchi «sakrash» texnikasini o‘rgatish.
7-vazifa.
O‘rta masofada va uzoqdan yugurib kelib, uch hatlab 
sakrash ritmini o‘rgatish.
8-vazifa.
Yugurib kelish texnikasini takomillashtirish va uning 
optimal uzunligini aniqlash. Depsinuvchi oyoqni taxtaga aniq tushi-
radigan bo‘lish.
Uch hatlab sakrash texnikasini o‘rgatishning mazkur uslubiyati 
yosh sakrovchilarni tayyorlashning boshlang‘ich bosqichlarida zarur-
dir.
Mashg‘ulotlar vaqtida sakrash harakatining to‘g‘ri bajarilishini 
doimo nazorat qilib turish kerak. O‘quv mashg‘ulotlari tugagach, 
shug‘ullanuvchilar musobaqada o‘z kuchlarini sinab ko‘rishlari va 
erishilgan natijalarni qayd etishlari lozim. Bunda «sapchib sakrash» 
«qadam» uzunligini o‘lchash muhimdir. 
Sakrash texnikasining kelgusida takomillashuvi shug‘ullanuvchi-
larning irodasi va jismoniy hislatlarini rivojlantirishga bog‘liq bo‘ladi. 
Uch hatlab sakrash texnikasini o‘rganish dastlab engillashtirilgan yaxlit 
sxemani o‘rganish, so‘ngra esa sakrovchini jismoniy tayyorgarlik 
darajasi o‘sib borishi asosida uning individual xususiyatlarini hisobga 
olgan holda, shu sxemani mashq qilish jarayonida mukamallashtirishni 
o‘z ichiga qamrab oladi. Yu.Verxoshanskiyning «Uch hatlab sakrash» 
kitobidagi ma’lumotlarga ko‘ra, yosh sportchi – sakrovchilar bilan ish 
olib borish vaqtida shu narsa aniqlandiki, sakrash sxemasini dastlabki 


270
o‘rganish jarayonini ikki bosqichda o‘tkazish maqsadga muvofiq 
bo‘lar ekan.

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin