251
37-rasm.
Yugurib kelib “ko‘krak kerib” usulida uzunlikka sakrash
Texnikasi bo‘yicha eng murakkab
va samarali sakrash usuli
– bu “
qaychi
” usulidir. Uning samaradorligi yugurib kelishdan
depsinishga o‘tishda va uchishdagi harakatlarda yugurish qadamining
muvofiqlashtiruvchi tuzilmasi hisobiga namoyon bo‘ladi. Bu usulning
aniqroq nomi – “havoda yugurish”, chunki sakrovchi uchish paytida
2,5-3,5 qadam tashlashlarni bajaradi.
Uchish paytida qadam tashlash holatidan (birinchi qadam)
qadam
tashlaydigan oyoq tekislanib, pastga-orqaga tushiriladi,
itariladigan oyoq
oldinga chiqariladi. Qadam tashlaydigan oyoq harakatni davom ettirgan
holda orqaga harakat qiladi, tizza bo‘g‘imidan bukiladi, itariladigan
oyoq esa tizza bo‘g‘imidan bukilgan holda soni
bilan oldinga chiqariladi
(ikkinchi qadam). Shundan so‘ng tizza bo‘g‘imidan bukilgan qadam
tashlaydigan oyoq oldinga chiqariladi va itariladigan oyoqqa biriktiriladi.
Keyin ikkala oyoq tizza bo‘g‘imidan tekislanadi va erga tushishdan
oldingi holatni egallaydi. Qo‘llar yon tomon
orqali aylanma harakatlarni
bajaradi. Qadam tashlaydigan oyoq pastga tushirilgan paytda unga
teskari bo‘lgan qo‘l pastga tushiriladi, boshqa qo‘l esa,
yuqoriga
ko‘tariladi. Itariladigan oyoq oldinga chiqarilgan paytda unga teskari
bo‘lgan qo‘l ham oldinga chiqariladi, boshqa qo‘l esa orqaga uzatiladi.
Qadam tashlaydigan oyoqni itariladigan oyoqqa birlashtirishda qo‘llar
pastga tushiriladi va erga tushishdan oldin orqaga uzatiladi (38-rasm).