242
- sakrashda har qanday shakldagi saltodan foydalangan bo‘lsa;
- urinish uchun ajratilgan vaqtni cho‘zib yuborsa.
10.00 (min)
100
1
o
300
33-rasm.
Yugurib kelib uzunlikka va uch hatlab sakrash sektori
Gorizontal tezlikni vertikaliga qancha ko‘proq o‘tkazish kerak
bo‘lsa, oyoqni qo‘yish burchagi shuncha kichikroq (o‘tkirroq)
bo‘ladi, oyoq UOM proekstiyasidan uzoqroqqa qo‘yiladi. Tekislangan
itariladigan oyoqni qattiq va tez qo‘yish yana shunga bog‘liqki, tekis
oyoq yuklamani engilroq ko‘taradi, boz ustiga, tayanchga beriladigan
243
bosim itarilishning birinchi qismida sakrovchining tana og‘irligidan
bir necha marta ortiq bo‘ladi. Oyoqni qo‘yish paytida oyoq mushaklari
zo‘riqqan bo‘ladi, bu egiluvchan amortizatsiyaga va
mushaklarning
qayishqoq tarkiblarining samaraliroq cho‘zilishiga yordam beradi.
Anatomiyadan ma’lumki, zo‘riqqan mushaklar ular cho‘zilganda
keyinchalik katta mushak kuchlanishlarini hosil qiladi.
Itarilishning birinchi qismida itariladigan oyoqning gorizontal
tezligi va to‘xtatuvchi harakati, qadam tashlaydigan oyoq va qo‘llar
harakatining inerstiya kuchlari hisobiga tayanchga bosim o‘tkazish
kuchi oshadi; UOMning kamayishi kuzatiladi (kamayish kattaligi
sakrash turiga bog‘liq); zo‘riqqan mushaklar va boylamlarni
cho‘ziltirish amalga oshiriladi.
Ikkinchi, yaratuvchi qismida tayanch reaksiyasi
kuchining oshishi
natijasida sakrovchi tanasining harakat tezligi vektori o‘zgaradi;
itarilish tugashiga yaqin tayanchga bosim o‘tkazish kuchlari kamayadi;
cho‘zilgan mushaklar va boylamlar o‘z energiyasini sakrovchi tanasiga
beradi; qadam tashlaydigan oyoq va qo‘llar harakatlarining inerstiya
kuchlari harakat tezligi vektorining o‘zgarishida ishtirok etadi. Bu
hamma omillar sakrovchi tanasining boshlang‘ich uchib chiqish
tezligini hosil qiladi.
Sakrovchi tanasining boshlang‘ich uchib chiqish tezligi vektori va
gorizont tufayli hosil bo‘ladigan burchak
Dostları ilə paylaş: