Shahrixon tuman umumiy o’rta ta’lim maktabining 10-sinf o’quvchisi



Yüklə 149,15 Kb.
tarix12.12.2022
ölçüsü149,15 Kb.
#74009
10-sinf II variant fizika



Shahrixon tuman _____-umumiy o’rta ta’lim
maktabining 10-sinf o’quvchisi
__________________________________________ning
Fizika fanidan
2-variant
yillik Nazorat ishi.

Sana _________________


1-nazorat ishi

  1. Gipoteza qachon fizik qonunga aylanadi?

  2. Jism 45 m balandlikdan 30 m/s tezlik bilan gorizontal otildi. Uning yerga tushishdagi tezligini toping.

  3. Jism 90 m balandlikdan erkin tushmoqda. Tushishning oxirgi sekundidagi ko‘chishni toping. Harakat davomidagi o‘rtacha tezligini aniqlang. Jismning boshlang‘ich tezligini nolga teng deb hisoblang.

Sana _________________


2-nazorat ishi

  1. Inert massa deganda nimani tushunamiz?

  2. Qo‘zg‘almas blok orqali o‘tkazilgan arqonning uchlariga 60 g va 85 g li yuklar osilgan. Arqon va blok massasi hisobga olinmaydigan darajada kichik. Arqonni cho‘zilmas deb olib, yuklarning harakatlanish tezlanishini va arqonning taranglik kuchini toping.

  3. F kuch ta’sirida M1 massali jism 3 m/s 2 tezlanish oladi. M2 massali jism esa, shu kuch ta’sirida 4 m/s 2 tezlanish oladi. Bu jismlar o‘zaro ulansa, ular shu kuch ta’sirida qanday tezlanish bilan harakatlanadi?

Sana _________________


3-nazorat ishi
1. ... turli shakldagi harakatlar va o‘zaro ta’sirlarning miqdoriy
o‘lchovidir. Gapni to‘ldiring.
A) Energiya; B) Potensial energiya; C) Kinetik energiya; D) Elektr energiya.
2. Energiyaning SI dagi birligi nima?
A) Vatt; B) Joul; C) Kaloriya; D) N · m.
3. … kuchning shu kuch ta’sirida ro‘y bergan ko‘chishga skalyar
ko‘paytmasiga teng bo‘lgan kattalik. Gapni to‘ldiring. A) Energiya; B) Potensial energiya;
C) Kinetik energiya; D) Mexanik ish.
4. Energiya hech qachon yo‘qolmaydi ham, yo‘qdan paydo bo‘lmaydi ham u faqat bir turdan boshqasiga aylanishi mumkin. Bu nimaning ta’rifi?
A) Nyutonning birinchi qonuni; B) Nyutonning ikkinchi qonuni;
C) Energiyaning saqlanish qonuni; D) Nyutonning uchinchi qonuni.
5. Foydali ishning to‘la ishga nisbati nimani anglatadi?
A) Energiyani; B) Potensial energiyani;
C) Kinetik energiyani; D) FIKni.
6. Sistemaning … deb, uning kinetik va potensial energiyalarining yig‘indisiga aytiladi Gapni to‘ldiring.
A) ... energiyasi; B) ... to‘la mexanik energiyasi;
C) ... kinetik energiyasi; D) ... mexanik ishi.
7. … to‘qnashish deb, ikki yoki undan ko‘p jismlarning juda qisqa vaqt davomidagi ta’sirlashuviga aytiladi. Gapni to‘ldiring.
A) Absolyut elasti; B) Absolyut noelastik;C) To‘qnashish; D) Ko‘chish.
8. … to‘qnashish deb, ikkita deformatsiyalanadigan sharlarning to‘qnashishiga aytiladi. Gapni to‘ldiring.
A) Absolyut elastik; B) Absolyut noelastik;C) To‘qnashish; D) Ko‘chish.
9. ... to‘qnashish deb, ikkita deformatsiyalanmaydigan sharlarning to‘qnashishiga aytiladi. Gapni to‘ldiring.
A) Absolyut elastik; B) Absolyut noelastik;C) To‘qnashish; D) Ko‘chish.
10. Jismning boshlang‘ich va oxirgi holatiga bog‘liq bo‘ladigan kuchlarga …kuchlar deyiladi. Nuqtalar o‘rniga to‘g‘ri javobni
qo‘ying. A) ... og‘irlik; B) ... musbat;C) ... potensial yoki konservativ; D) ... manfiy.

Sana _________________


4-nazorat ishi

  1. Massasi 20 kg bo‘lgan jism ikkita cho‘zilmas arqonga osilgan. Ular o‘zaro 60° burchak hosil qilgan holda muvozanatda qoladi. Arqonlarning taranglik kuchlarini hisoblang.

  2. Polistpastda ko‘chmas bloklar soni ortib borsa, uning kuchni orttirib berish kattaligi qanday o‘zgaradi?

  3. Massasi 1,45 t bo‘lgan avtomobil g‘ildiraklari o‘rnatilgan o‘qlar birbiridan 4 m uzoqlikda joylashgan. Avtomobilning massa markazi oldingi o‘qdan 1,2 m uzoqlikda joylashgan. Avtomobilning har bir o‘qiga qo‘yilgan kuchlarni aniqlang.

Sana _________________


5-nazorat ishi
1. Prujinali mayatnikning siklik chastotasini ikki marta oshirish uchun uning qaysi parametrini necha marta o‘zgartirish kerak?
2. Matematik mayatnik osilgan ipning og‘ish burchagi qaysi qonun bo‘yicha o‘zgaradi?
3. Garmonik tebranish harakat tenglamasini yozing.

Sana _________________


6-nazorat ishi
1. Matematik mayatnik 1 min 30 s ichida 60 marta tebrandi. Mayatnikning tebranish davri va siklik chastotasini toping. (Javob
2. Tebranma harakat tenglamasi x = 0,06cos200πt ko‘rinishda berilgan.Tebranma harakat amplitudasi, chastotasi va davrini toping. (Javobi:6 sm, 50 Hz, 20 ms).
3. Tebranishlar amplitudasi 3 marta orttirilsa, uning davri qanday
o‘zgaradi?

Sana _________________


7-nazorat ishi

  1. Ichki qarshiliklari 0,3 Ωva 0,7 Ωbo‘lgan ikkita tok manbayidan birining EYuK 2 V, ikkinchisiniki 1,5 V ga teng bo‘lib, 8.9-rasmda ko‘rsatilganidek ulangan. ava bnuqtalar orasidagi kuchlanishni toping.

  2. 2. Tok manbalarini ketma-ket ulash qanday hollarda foydali bo‘ladi?

  3. 3. Qanday hollarda tok manbalari parallel ulanadi?

Sana _________________


8-nazorat ishi
1. Metallarda temperatura ortishi bilan ularning qarshiligi qanday
o‘ z g a r a d i?
2. Metallar qarshiligining temperaturaga bog‘liq holda o‘zgarishidan qanday
foydalaniladi?
3. O‘ta o‘tkazuvchanlik holatidan sanoat, transportda foydalanishning
istiqbollari qanday?



Yüklə 149,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin