Yengil atletika va uni


Uzunlikka sakrashning asosiy qoidalari



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/327
tarix03.12.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#171925
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   327
admin, Енгил атлетика дарслик

Uzunlikka sakrashning asosiy qoidalari
Sakrashlarda depsinish taxtachadan yoki yo‘lka yuzasidan bir 
oyoqda bajariladi. Bunda indikatorni bosib olmaslik lozim. Sakrash 
natijalari tananing istalgan qismi (yoki qo‘l) bilan qoldirilgan izdagi 
eng yaqin nuqtaga qarab o‘lchash chizig‘iga perpendikulyar bo‘lgan 
to‘g‘ri chiziq bo‘ylab o‘lchanadi.
Sakrash e’tiborga olinmaydi
, agar sakrovchi:
- sakrashni bajarmay, taxtacha ustidan yoki uning yonidagi o‘lchash 
chizig‘i ustidan yugurib o‘tib ketsa;
- depsinishda o‘lchash chizig‘idan o‘tib ketsa yoki bosib olsa;
- taxtachaning yon tomonidan depsinishni bajarsa;
- erga tushish paytida tananing istalgan qismi bilan chuqurchaning 
yon chekkasi tashqarisidagi sektor yuzasiga tegib ketsa, bunda erga 
tushishda qoldirilgan izga qaraganda depsinish taxtachasiga yaqinroq 
turib qolsa;
- sakrashni bajarib bo‘lgandan so‘ng erga tushish chuqurchasi 
orqali orqaga qaytsa;


242
- sakrashda har qanday shakldagi saltodan foydalangan bo‘lsa;
- urinish uchun ajratilgan vaqtni cho‘zib yuborsa.
10.00 (min)
100

o
300
33-rasm.
 Yugurib kelib uzunlikka va uch hatlab sakrash sektori 
Gorizontal tezlikni vertikaliga qancha ko‘proq o‘tkazish kerak 
bo‘lsa, oyoqni qo‘yish burchagi shuncha kichikroq (o‘tkirroq) 
bo‘ladi, oyoq UOM proekstiyasidan uzoqroqqa qo‘yiladi. Tekislangan 
itariladigan oyoqni qattiq va tez qo‘yish yana shunga bog‘liqki, tekis 
oyoq yuklamani engilroq ko‘taradi, boz ustiga, tayanchga beriladigan 


243
bosim itarilishning birinchi qismida sakrovchining tana og‘irligidan 
bir necha marta ortiq bo‘ladi. Oyoqni qo‘yish paytida oyoq mushaklari 
zo‘riqqan bo‘ladi, bu egiluvchan amortizatsiyaga va mushaklarning 
qayishqoq tarkiblarining samaraliroq cho‘zilishiga yordam beradi. 
Anatomiyadan ma’lumki, zo‘riqqan mushaklar ular cho‘zilganda 
keyinchalik katta mushak kuchlanishlarini hosil qiladi.
Itarilishning birinchi qismida itariladigan oyoqning gorizontal 
tezligi va to‘xtatuvchi harakati, qadam tashlaydigan oyoq va qo‘llar 
harakatining inerstiya kuchlari hisobiga tayanchga bosim o‘tkazish 
kuchi oshadi; UOMning kamayishi kuzatiladi (kamayish kattaligi 
sakrash turiga bog‘liq); zo‘riqqan mushaklar va boylamlarni 
cho‘ziltirish amalga oshiriladi.
Ikkinchi, yaratuvchi qismida tayanch reaksiyasi kuchining oshishi 
natijasida sakrovchi tanasining harakat tezligi vektori o‘zgaradi; 
itarilish tugashiga yaqin tayanchga bosim o‘tkazish kuchlari kamayadi; 
cho‘zilgan mushaklar va boylamlar o‘z energiyasini sakrovchi tanasiga 
beradi; qadam tashlaydigan oyoq va qo‘llar harakatlarining inerstiya 
kuchlari harakat tezligi vektorining o‘zgarishida ishtirok etadi. Bu 
hamma omillar sakrovchi tanasining boshlang‘ich uchib chiqish 
tezligini hosil qiladi.
Sakrovchi tanasining boshlang‘ich uchib chiqish tezligi vektori va 
gorizont tufayli hosil bo‘ladigan burchak 

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin