241
Taxtachaning ikkala tomonida o‘lchash chizig‘i bo‘ylab sektor
yuzasiga eni 10 mm va uzunligi 50 sm bo‘lgan oq chiziqlar chiziladi,
10 sm masofa narida ularga taxtachaning joyini bildirib turuvchi
to‘g‘riburchakli ko‘rsatkichlar (oq rangli qora yo‘l chiziq bilan 45
o
burchak ostida) belgilanadi.
Uzunlikka sakrashda erga tushish uchun qum to‘ldirilgan chuqurcha
eni 2,75 m dan 3,00 m gacha bo‘lishi va yugurib kelish yo‘lkasi o‘qiga
nisbatan simmetrik tarzda joylashishi lozim.
Chuqurcha qirralar bilan hoshiyalangan bo‘ladi, ular yo‘lka
yuzasidan balandga
chiqib turmasligi zarur, depsinish taxtachasiga
yaqin bo‘lgan qirra yo‘lka darajasidan 3 sm ga past bo‘lishi kerak.
Chuqurchadagi qum nam, yumshatilgan va yo‘lka
yuzasi bilan bir xil
darajada bo‘lishi zarur.
Yugurib kelish yo‘lkasining ikkala tomonida va chuqurchaning
yon qirralari uzunasi bo‘ylab xavfsizlik zonasi nazarda tutilishi kerak
– kamida 1 m, chuqurchaning uzoq qirrasi orqasida esa – kamida 5
m. Bu zonaning yuzasi yo‘lka yuzasi bilan
bir xil darajada turishi
lozim. Yugurib kelish yo‘lkasining qoplamasi yugurish yo‘lkalariga
qo‘yiladigan talablarga javob berishi zarur.
Dostları ilə paylaş: