341
iborat sistemaning aylinsh o‘qida snaryad og‘irlik markaziga bo‘lgan
masofaga bog‘liqdir. Bir burchak tezligi paytida aylanish radiusi
qancha katta bo‘lsa, snaryadning to‘g‘ri chiziqli tezligi ham shuncha
yuqori bo‘ladi.
Shunday qilib uloqtiruvchi aylanayotganda tanasining aylanish
tezligini o‘zgartirmasdan snaryadning aylanish
markazidan uloqtirish
hisobiga harakat miqdorini olish mumkin. Bundan imkoniyatlarni
to‘liq ishga solib bo‘lganidan keyin bundan burchak tezligini oshirishga
intilishi mumkin. aylanish vaqtida uloqtiruvchining aylanish tezligi
ortib snaryadning
aylanish radiusi kamaysa, snaryadning harakat
tezligi pasayishi mumkin.
Yugurib kelishni aniq bajarganda snaryad bilan harakat qilayotgan
uloqtiruvchining tezligi uloqtirishning boshlang‘ich
fazasidan oxirgi
fazagacha tobora o‘sib borishi kerak. Lekin bu tezlikning o‘sishi
uzluksiz va tekis bo‘la olmaydi, chunki yugurib kelish mobaynida
depsinish sharoiti o‘zgarib boradi.
Uloqtiruvchi gavdasining ayrim qismlarining harakat tezligi
uloqtirishning turli fazalarida anachagina farq qiladi.
Ammo snaryadning jila borish tezligi uning uchib chiqish paytida
maksimalgacha qotishi kelak.
Uloqtirish maksimal uzoqlikka otishda
erishish uchun uloqtiruvchi-
ning yugurib kelish tezligi uning tezlik va kuch qobiliyatiga va ulardan
uloqtirishning yakunlovchi fazasida foydalana olish qobiliyatiga mos
bo‘lishi kerak.
Yugurib kelish tezligi uloqtiruvchi yugurib kelayotganida o‘zi
hosil qilgan kinetik energiyadan oxirgi kuch berishda qanchalik to‘liq
foydalana olishga bog‘liq. Yugurib kelishdan uloqtirishga o‘tish
juda murakkabdir. Uloqtiruvchining yugurib
kelish tezligi qanchalik
yuqori bo‘lsa, u shunchalik murakkab bo‘ladi. Odatda oxirgi kuch
berishga o‘tishda yugurib kelish tezligidan yetarli foydalanmaydigan
uloqtiruvchilarda xuddi mana shu fazada sport natijalarini oshirish
imkoniyati juda ko‘p bo‘ladi. Yugurib kelib uloqtirishda eng yuqori
yugurib kelish tezligidan effektiv foydalanish imkoniyati beradigan
texnikani bilib olish uloqtiruvchi uchun juda muhimdir.