343
4. Gavdaning pastki qismlari siljishini sekinlashtirib gavdaning
yuqori qismlari bilan snaryad harakatini tezlatish.
5. Olg‘a intiluvchi va aylanma harakatlarning to‘liq to‘xtatilishi.
Uloqtirishga tayyorlanish bilan uloqtirishning o‘zi o‘zaro bog‘liq
bo‘lib, uni uloqtiruvchining bir holatidan ikkinchi holatiga oddiygina
o‘tish deb bo‘lmaydi.
Oxirgi kuch berishdan to‘la foydalanish uchun muskullarning elastik
xususiyatidan foydalanish imkoniyatini ham nazarda tutish kerak.
Uloqtirishni bajarayotganda muskullar
elastikligidan foydalanish,
sportchilarga iroda sarflash bir xil ekanligida ham snaryad ko‘proq
kuch bilan ta’sir etish imkonini beradi.
Muskullarni elastik xususiyatidan foydalanish ayniqsa, yakulovchi
fazadan muhimdir. Oxirgi kuch berilishida kuchning snaryadga ta’siri
uloqtiruvchi kuch tayanch holatda ekanligidan eng zo‘r bo‘lishi
mumkin. Bunda chap oyoq gavda bilan snaryadni ma’lum burchak
osti da yuqoriga siljishiga yordam berishi kerak.
Chap oyoqni yerga qo‘yib bir qo‘llab uloqtirishda shu oyoq sal
bo‘lsa ham bukiladi, oyoqning bukilishi miqdori uloqtiruvchinnig
olg‘a intiluvchi harakatining tezligiga va uning muskullardagi
kuchiga bog‘liq. Oxirgi kuch berishda hamma vaqt olg‘a
tomon yuqo-
rilab yo‘nalgan eng tez harakat bilan bir paytda ko‘proq ham uloq-
tirish tomonga buriladi. Uloqtirishning turi va usuliga qarab yelka
kamari bilan tos harakatdagi munosabatda ba’zi bir farqlar bo‘ladi.
yakulovchi kuch berilishini yerga tayanib turganda bajarish foydalidir.
Sakrab oyoqlarni faol almashtirib, bir qo‘llab uloqtirishda tayanchsiz
holda ham uncha ham katta bo‘lmagan yakunlovchi kuch ta’sir eti-
shi mumkin. Yakunlovchi kuch berishdagi uloqtirish texnikasida
uloq tirish ijro etilayotgan maydoncha
chegarasidan chiqib ketmay
muvozanat saqlab qolish zaruriyati ham hisobga olinadi.
Uloqtirish turiga va texnikasiga hamda musobaqa qoidalarida
belgilangan shartlarga qarab, uloqtirishdagi harakat turli xil oxirlana-
di. Bir qo‘llab katta tezlikda uloqtirishda sakrab oyoqlarni faol
almashtirish qo‘llaniladi. Bu snaryad uchib chiqqanidan keyin gavda
harakatini keskin to‘xtatib qolish imkoniyatini beradi.