Yengil atletika va uni



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə267/327
tarix03.12.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#171925
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   327
admin, Енгил атлетика дарслик

Tayanch iboralar.
1. 
Estafeta 
2. 
Klassifikatsiya normalari
3. 
Mashg‘ulot
4. 
BO‘SM 
5. 
IBO‘OSM 
6. 
OSMM 
7. 
Gigiyenik rejim
8. 
Organizmning faoliyati
O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar:
1. 
Maktabda yengil atletika to‘garaklariga kimlar qabul qilinadi?
2. 
Yengil atletika to‘garaklarida mashqlar qaysi vaqt bo‘ladi?
3. 
O‘quv guruhlaridagi o‘qish davomiyligi va ularning o‘quvchilar 
bilan minimal to‘ldirish qanday?
4. 
Sport maktablarida asosiy uslubiy qoidalar haqida?
5. 
Eng yaxshi dam olish tegishli gigiyena sharoitida nima?


560
II BOB. YENGIL ATLETIKA MUSOBAQALARINI 
O‘TKAZISH VA TASHKIL QILISH
Yengil atletika bo‘yicha musobaqalarni tayyorlash va o‘tkazishda 
bosh kotib hamda kotibiyat ishlarini tashkillashtirish va o‘tkazish ko‘p 
vaqt, kuch va muayyan harakatlarni talab qiladi.
Shu sababli ushbu bob talabalar hamda yosh hakamlarning 
musobaqalarga hakamlik qilish masalalariga doir bilimlarni egallashi 
va ularga o‘z vaqtida hozirlik ko‘rishi uchun juda qulay.
Bobda bosh kotib faoliyatining juda muhim holatlari ko‘rsatilgan 
va ular musobaqa jarayonida ko‘p xatoliklarni bartaraf etishga 
yordam beradi. Bu degani har bir sportchi hakamlik qila oladi degani 
emas. Buning uchun ko‘plab musobaqalarda ishtirok etish va kerakli 
ko‘nikma va tajribalarni orttirish zarur bo‘ladi.
Bobda kotibiyat ishini tayyorlash va tashkil qilish, hakamlik 
usuliyoti masalalarini ko‘rib chiqishga harakat qilindi, hujjatlarni 
rasmiylashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Vazifalar
-Musobaqalarni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan barcha materiallar 
va hujjatlarni tayyorlash;
-Musobaqa ishtirokchilari ko‘rsatgan natijalarga tezkor ravishda 
ishlov berish, ularni tizimlashtirish va shaxsiy hamda jamoa 
birinchiliklarida g‘oliblarni aniqlash;
-Natijalar va jamoaviy bellashuvlarning borishi to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni ishtirokchilar, jamoalarning vakillari, matbuot hamda 
tomoshabinlar e’tiboriga o‘z vaqtida yetkazish;
-Rasmiy materiallarni bosib chiqarish (texnik hisobot).
Tuzilishi
Kotibiyat ishiga bosh kotib rahbarlik qiladi. U kotibiyat 
hakamlarining o‘zaro, shuningdek,, kotibiyat hamda hakamlar 
hay’atlari va xizmatlari orasidagi hujjatlar aylanishi bilan bog‘liq 
barcha hatti-harakatlari izchilligini belgilaydi, o‘tkazilayotgan 
muayyan bir musobaqada hujjatlar aylanishining axborotlar oqimi 
umumiy sxemasi asosidagi sxemasini ishlab chiqadi.


561
Kotibiyat faoliyati sxemasini ishlab chiqishda hujjatlar ro‘yxati va 
axborot turlarini belgilab olish, ularni turli toifadagi foydalanuvchilarga 
etkazib berish usullari va vositalarini aniqlash zarur. 
- ishtirokchilarga – jamoa vakillari orqali;
- hakamlar hay’atiga – bevosita kotibiyat orqali; 
- matbuot vakillariga – matbuot markazi yoki kotibiyat orqali; 
- tomoshabinlarga – axborot xizmati orqali.
Har bir musobaqada kotibiyat faoliyatining tuzilishi va texnologiyasi 
uning darajasi hamda texnik jihozlanganligiga ko‘ra aniqlanadi.
Kotibiyat faoliyati shartli ravishda uch asosiy bosqichga bo‘linadi:
-musobaqalarga tayyorlanish;
-bevosita musobaqalarnio‘tkazish;
-texnik hisobotni rasmiylashtirib, topshirish.

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin