585
Sakrashlarda yozuv quyidagicha amalga oshiriladi: 7,63; 2.23;
5.55.
Agar ishtirokchi natijasi qaydnomaga yozilganidek keyin
diskvalifikastiya qilinsa (masalan, yugurishda – yo‘lkachadan chiqib
ketganligi, estafetani noto‘g‘ri uzatganligi uchun), u holda uning
natijasi qaydnomadan o‘chiriladi, yoniga
dasturning mazkur nomeri
bosh hakami imzo qo‘yadi va diskvalifikatsiya qilish sababi yoziladi.
Ishchi qaydnomada tuzatishga imkon qadar yo‘l qo‘yilmaydi, lekin
zarurat tug‘ilganda, ilgarigi natija o‘chirilib, yangisini qayd etish
orqali o‘zgarish kiritish mumkin (u kotib imzosi bilan tasdiqlanadi).
Dasturning mazkur nomeri tugagach, ishchi
qaydnoma bosh hakam,
kotib va guruhning boshqa hakamlari, referi tomonidan imzolanadi.
Rekord natija ko‘rsatilganida, hakamlar guruhi kotibi rekord
blankining to‘g‘ri to‘ldirilishini va uning mazkur musobaqani
o‘tkazgan guruhning barcha hakamlari tomonidan imzolanishini
ta’minlashi lozim.
Musobaqa (yoki navbatdagi davra) tugagach, marradagi kotiblar
hakamlarning barcha hujjatlarini kotibiyatga etkazadilar. Bular:
-hakamlarning
yozuvlari;
-masofadagi katta hakamning qaydnomalari;
-shamol tezligini o‘lchash qaydnomalari (keyin ishchi qaydnomaga
har bir poygada shamol tezligining qiymati kiritib boriladi);
-oraliq marrani qayd etish va h.k.
Uzunlikka va uch hatlab sakrash bo‘yicha musobaqa o‘tkazayotgan
guruh kotiblari o‘z musobaqalari tugaganidan so‘ng kotibiyatga
shamol tezligini o‘lchash qaydnomalarini topshirishlari shart.
Dostları ilə paylaş: