589
Pedagogik kuzatishning asosiy kamchiligi shundaki, unda aniq
sub’ektni bahoviy ko‘rinishi va kuzatilayotgan pedagogik
jarayonlarni
aniq ro‘yxatga olishning qiyinligidadir. Shuning uchun kuzatuvchiga
boshqa tekshirish usullaridan foydalanilgan holda ma’lum bir
yordam beriladi, ya’ni xronometriyasi olinadi, kinosyomka qilinadi,
pulsometriya va boshqalar qilinadi.
Ochiq
kuzatish deb, o‘qituvchi va talaba kuzatuv olib borila-
yotganligiga aytiladi.
Yashirin kuzatuvda esa, o‘qituvchi va talaba kuzatuv olib borila-
yotganligini bilishmaydi va ularning xatti-harakatlari tabiiyligicha
qolaveradi. Pedagogik kuzatishlar vaqt belgisiga qarab uzluksiz va
bo‘lingan bo‘ladi. Bunda hodisalarning asosiy xususiyatlari o‘rganiladi.
Pedagogik kuzatish jarayonida bir nechta mustaqil
kuzatuvchilar bilan
birgalikda olib borilsa, aniq ma’lumotlar olish mumkin. Jismoniy
tarbiya jarayonini shunday tomonlarigina, ya’ni o‘qitish
va tarbiya
jarayonini buzmasdan qayd qilish pedagogik kuzatish ob’ekti bo‘lishi
mumkin.
O‘quv rejasida yengil atletika bo‘yicha pedagogik analizni o‘quv
praktikasini vaqtida bajarish ko‘zda tutilgan. Bu topshiriqni bajarishda
o‘quv gruppasi 3-4 kuzatuvchidan iborat guruhlarga bo‘linadi.
Guruhlar faoliyatining taxminiy yo‘nalishi shunday bo‘linadi:
Guruh A –
darsni boshlanishida, asosiy va oxirgi qismlarida
topshiriqni bajarilish tahlili.
Guruh B – o‘qituvchi va o‘quvchini mashqni bajarilishini kuzatish.
Guruh V – darsda qo‘llaniladigan usul
va vositalarni tahlili, maxsus
va umumrivojlangan mashqlardan maqsadga muvofiq foydalanish,
darsda gruppali, individual metodlardan foydalanishning to‘g‘riligi va
boshqalar.
Guruh G – darsning umumiy va motor zichligi tahlili.
Guruh D – 2 ta bajaruvchining qiyshiq pulsi tahlili.
Guruh E – darsning emostional bahosi, gruppa bilan aloqa, xatolarni
topish va tuzatish.
Dars tugagandan so‘ng talabalar olingan
materialni tizim-lash-
tiradilar, kattalar guruhlarda qisqa axborot qiladilar. O‘qituvchi
peda gogik kuzatishdan olingan natijalarni umumlashtirib, differen-
siyalashgan bahoni aniqlaydi.