Yengil atletika va uni


Musobaqalashish faoliyati



Yüklə 6,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə290/327
tarix03.12.2023
ölçüsü6,17 Mb.
#171925
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   327
admin, Енгил атлетика дарслик

3.4. Musobaqalashish faoliyati
Musobaqaning asosiy funksiyalaridan biri rag‘batlantirish, o‘quv 
sport natijalarini va sportchilar bilan tarbiyaviy ishlarni tekshirish 
musobaqada olingan ob’yektiv bahodan, tashkilot va mutaxassislarning 
keyingi ishlari natijalariga bog‘liq.
Musobaqani quyidagilarga ajratish mumkin:
a) tayyorlovchi va yana nazorat, asosiy maqsadi tayyorgarlik 
darajasini aniqlash;
b) keltiruvchi, asosiy maqsadli musobaqalarga sportchilarni baland 
tayyorgarlikka olib kelish;
v) tanlov, maqsadli katta musobaqalarda qatnashishga sportchilarni 
tanlash;


593
g) asosiysi, (shahar, mamlakat chempionatlari, katta halqaro muso-
baqalar).
Musobaqa sharoitida yengil atlet sportchini o‘rganishda, uning 
shaxsini ko‘p tomonlarini, sifatlarini funksional imkoniyatlarini 
baholash mumkin, garchi shu vaqtda musobaqalar shakllanish vositasi 
bo‘lib xizmat qiladi.
Musobaqalashish faoliyatini tekshirish jarayonida sport texnikasini 
samaraligini aniqlash, sportchi xulqi taktikasini nazorat qilish, 
organizmni biokimyoviy va fiziologik reaksiyalari baholanadi, 
musobaqa vaqtida qanday tekshirilsa, musobaqadan so‘ng ham 
shunday tekshiriladi. Vaqtni o‘tish oralig‘iga bog‘liq holda bir holatdan 
ikkinchi holatga o‘tish zarurligini sportchilarni 3 ta holati ajratilgan:
1. Bosqichli holati sportchi muvaffaqiyatlarini ko‘rsatishda 
imkoniyatlarini aks ettiradi va bular birmuncha uzoq vaqt saqlanadi.
2. Odatdagi holat bir yoki bir nechta mashg‘ulotlar ta’sirida 
o‘zgaradi.
3. Operativ holat bir marta bajarilgan jismoniy mashqlar ta’sirida 
o‘zgaradi.
Sportchilarni bu tip holatlarida muvofiq holatni 3 ta asosiy 
pedagogik nazorat belgilanadi.
Operativ nazorat
– jarayonda tez vaqt ichida sportchini holati 
jismoniy mashqlarni bajarishdan keyin seriyalarni mashqlar bajarishda 
yoki mashg‘ulot vaqtida baholanadi. 
Operativ nazorat natijalari orqali mashqlar va seriyali mashqlar 
orasidagi eng qulay dam olish tanaffuslari aniq belgilanadi, 
mashg‘ulotlar yuklamasining hajmi jismoniy mashqlar seriyalarida 
ifodalanadi. Masalan: mashg‘ulot jarayonida yuguruvchi sportchi 
6x150 m dan yugurib o‘tishi kerak, tezlik bilan 89-90% 3 minut dam 
olish tanaffusi bilan.
Berilgan dam olish rejimida sportchi tezlik bilan yugurishni 
3-masofasidan keyin zarur tezlik bilan vazifani bajarishdan holi 
bo‘lmaydi. Bu holatdan chiqishni bir necha yo‘llari mavjud: 
1. Mashg‘ulotni seriyali o‘tkazish, ya’ni ikki yoki uch marta 
yugurish, bunda seriyalar orasidagi dam olish vaqtini uzaytirish;
2. Mashg‘ulotni ikki qismga bo‘lish (ertalab va kechqurun); 


594
3. Ishni tezligi keskin ravishda tushganda mashg‘ulotlarni to‘xtatish.
4. Mashqlarni berilgan tezlik bilan bajarish sharti bilan dam olish 
vaqtini to‘liq tiklangunga qadar uzaytirish.

Yüklə 6,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   286   287   288   289   290   291   292   293   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin